Ma'lum qilinişiça, turizmni rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib keliş bilan boğliq yengilliklar taqdim etilmoqda.

Bunda Özbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlar fuqarolari bölgan turistlarni olib keliş faoliyati bilan şuğullanayotgan turistik firmalar ular tomonidan mamlakatimizga turistik guruh (5 kişidan kam va 15 kişidan ortiq bölmagan va turli kasalliklar, jumladan, Covid-19 qamrab oladigan töliq suğurtasi bölişi şarti bilan) sifatida taşkil etilayotgan turizm sayohatlarini amalga oşirişdan avval turistlar PZR test tekşiruvidan ötkazilişini ta'minlaşi hamda PZR test tekşiruvi natijasi manfiy bölgan turistlarga nisbatan 14 kunlik karantinda saqlaş böyiça çeklov qöllanmasligi hamda Özbekiston Respublikasiga kirişda koronavirus infeksiyasiga PZR, ekspress-test yoki antigen tekşiruvlaridan ötkazilmasligi belgilandi.

«Xorijiy turistlar Özbekiston Respublikasida mavjud karantin çeklovlari va sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda harakatlanişlari lozim bölib, bu boradagi talablar bajarilişi turistik firmalar zimmasiga yuklatildi», deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasiga kiriş vaqtida koronavirus infeksiyasining alomatlari (yötal, isitma va boşqalar) paydo bölganda xorijiy turist ötkaziş punkti (aeroport, vokzal yoki boşqa) hududida öz hisobidan koronavirus infeksiyasiga PZR yoki ekspress-test yoki antigen tekşiruvidan ötiş uçun namuna topşiradi, bunda test natijalari musbat çiqadigan bölsa öz hisobidan karantinga olinib davolanişdan ötadi yoxud öz mamlakatiga qaytadi.