Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani "Yakkaqayrağoç" mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1992 yil tuğilgan F.D. akasining bir nafar, özining esa ikki nafar farzandini “Matiz” içida qoldirib, yaşaş joyiga kirib ketgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, F.D uyda bölgan vaqtda avtoulov içida yonğin yuzaga kelgan. Salonda bölgan, 2018 yilda tuğilgan Ş.Ş.ning tanasi 100 foiz 2- va 3-darajali termik kuygan.
Şuningdek, 2017 yilda tuğilgan M.Ş. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3-darajali kuygan. Bolaning yuqori nafas yöllari 2-darajali kuygan. 2019 yilda tuğilgan Ş.M.ning yuzi, ikki qöli 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yöllarining esa 14-16 foizi kuygan.
Jabrlanuvçilar respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantiriş bölimiga yotqizildi.
Holat yuzasidan suriştiruv olib borilmoqda.












