«Özbek tili BMTda» deya nomlangan maqola avvalida Özbekiston Markaziy Osiyodagi «turkiy davlatlar orasida» eng köp aholiga ega davlat ekani, mamlakat aholisi asosan özbeklardan iboratligi, qöşni ölkalar – Tojikiston, Qirğiziston va Afğonistonda ham köp sonli özbeklar yaşaşi qayd etiladi.

«Uşbu xususiyatlar hisobga olinganda, rasmiy Toşkent butun mintaqaning barqarorligini ta'minlaşda katta hissa qöşa oladi», – deyiladi maqolada.

Anqaradagi naşr ta'kidiça, Özbekistonning iştirokisiz Afğoniston, Xitoy, hatto butun dunyoda ekstremizmning oldini oliş oson bölmaydi; mintaqada ğoyaviy nazorat örnatilmasa, ekstremistlar Qozoğiston, Rossiya va hatto Suriyaga qadar yoyilişi mumkin.

«Radikalizmni bartaraf etiş uçun nafaqat taşqi omillarni çeklaş, balki iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy sohalarda ham çora-tadbirlarni amalga oşiriş ahamiyatga ega.

Özbekiston muazzam turizm salohiyatiga ega. Samarqand, Buxoro kabi şaharlar turkiy dunyo tarixi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Amir Temur avlodlarining diyori osmon ostidagi muzeyga öxşaydi göyo.

Iqtisodiy tomondan qaraganda, Turkiyada yetiştirilişi kamayib borayotgan paxta Özbekistonda hozirda ham katta miqdorda qayta işlanib, eksport qilinadi. Uşbu ölka, şuningdek, Markaziy Osiyoning qoq örtasida joylaşgani tufayli şarq va ğarbni boğlovçi halqa misolidir», – deyiladi «Jumhuriyat» maqolasida.

Naşr özbek-turk munosabatlari ham sönggi vaqtlarda ravnaq topib borayotganini ta'kidlab, prezident Şavkat Mirziyoyevning islohotlariga e'tibor qaratgan.

«Mamlakatda boşqaruv tizimi boşdan oyoq özgartirilib, yangilandi. Ölka dunyoga oçildi. Qöşni va mintaqadagi davlatlar bilan aloqalari, hamkorlikka intilişlari diqqatga sazovor. Mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy yangilaniş ğoyasi «Yangi Özbekiston» şiori ostida tilga olinmoqda», – deya qayd etgan turk gazetasi.

Naşr Mirziyoyev boşqaruvidagi Özbekiston OAV faolligi, gender huquqi, majburiy va bolalar mehnati, inson huquqlari, kambağallikka qarşi kuraş kabi yönalişlarda yutuqlarga erişayotganini e'tirof etgan.

«Turk tilining tamal toşlaridan bölgan çiğatoy lahjasini adabiy til holiga yetkazgan Alişer Navoiy ayni vaqtda Amir Temur davlatining zabardast vakillaridan biri edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkilotining ertaga boşlanadigan Boş Assambleyasida hamkorlik marralari, umidlari va mamlakatining tinçlikparvar maqsadlarini ilk bor Navoiy tilida dunyoga xitob qiladi», – deyiladi «Jumhuriyat»ning 21 sentabr sonidagi maqolada.

Naşrning fikriça, Turkiya Özbekistondagi yangi va keng qamrovli özgarişlarga yanada köproq e'tibor berişi, hamkorlikni rivojlantirişi darkor.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyevning videoanjuman tarzida ötkaziladigan BMT Boş Assambleyasi 75-sessiyasidagi çiqişi 23 sentabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 18:00ga belgilangan.