Toj Mahal dunyodagi eng maşhur turistik obektlardan biri hisoblanadi. U Hindiston qat'iy karantinga kirgan mart oyida yopilgan edi. Pandemiyadan oldin bu yerga kuniga 70 ming turist taşrif buyurgan.
BBC naşrining yozişiça, ayni paytda Hindistonda koronavirus tarqaliş körsatkiçi yuqori ekani bois Toj Mahalga keluvçilar karantin qoidalariga rioya qilişlari talab etiladi.
Toj Mahal oxirgi marta 1978 yilda Agrada suv toşqinlari kuzatilganda qisqa muddatga yopilgan edi. Undan oldinroq 1971 yili Hindiston-Pokiston uruşi yuz berganida bir neça kungagina faoliyat yuritmagan xolos. Karantin çeklovlari tufayli olti oy mobaynida yopiq turişi Toj Mahal tarixidagi eng uzoq muddat böldi.
“Selfi”ga ruxsat bor, guruh bölib rasmga tuşişga esa yöq
Toj Mahalning kiriş qismi ertalab sakkizda oçilişdan oldin dezinfeksiyalanadi. Xodimlarning barçasi yuzni himoyalovçi vositalar bilan himoyalangan. Toj Mahalga keluvçilar esa tana harorati ölçangaç içkariga kiritiladi. Ulardan çipta tölovlarini imkon qadar onlayn amalga oşiriş söralmoqda.
Tarixiy yodgorlikda ijtimoiy masofa saqlaş qoidalariga rioya qiliş aytilmoqda. “Selfi”ga tuşişga ruxsat berilgan, lekin guruh bölib rasmga tuşiş taqiqlangan.
Bino atrofi boğlar bilan öralgan. Bu hudud sayr qiliş va rasmga tuşiş uçun juda qulay. Biroq binoning özi yopiq va unda havo ventilyatsiyasi deyarli işlamaydi. Bu esa koronavirus tarqalişiga şaroit yaratib berişi mumkin. Turistlar bir çiziqda navbat bilan içkariga kiritilsa ham, uzun navbatlar hosil bölişi mumkin.
Ayni paytda Hindiston koronavirus holatlari qayd etilişi böyiça dunyoda AQŞdan keyingi ikkinçi örinda turibdi. Mamlakatda şu paytga qadar 5,5 millionga yaqin holat qayd etilgan.













