Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi davomida global iqlim özgarişlari va Orolböyi hududidagi vaziyatga töxtalib ötdi.
«Davrimizning ötkir muammolaridan yana biri – global iqlim özgarişlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday özgarişlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tuğdirmoqda.
E'tiboringizni yana bir bor Orol dengizi qurişining halokatli oqibatlariga qaratmoqçiman. Orolböyi hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxşilaş uçun bu yerda ikki million gektar yangi ösimlik maydonlari va daraxtzorlar yaratiş, tuproq qatlamini şakllantiriş böyiça ulkan işlarni amalga oşirmoqdamiz.
Mamlakatimiz taşabbusi bilan Orolböyi mintaqasi uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, uşbu fond oğir ekologik hududda yaşayotgan aholiga amaliy yordam körsatiş uçun xalqaro hamjamiyatning tayanç platformasi bölib xizmat qiladi.
Biz Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qiliş haqida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etamiz. Uşbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qiliş va tiklaş kuni sifatida nişonlaş maqsadga muvofiq bölardi», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident sözining yakunida jahonning turli nuqtalarida notinçlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zöravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boşqa zamonaviy xatarlar qaşşoqlik va kambağallikning global muammolarini kuçaytirayotganiga e'tibor qaratib, bu muammolar ayniqsa pandemiya şaroitida keskin tus olayotganini, tobora taşvişli ohang kasb etayotgan qaşşoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barçani bezovta qilişi zarurligini ta'kidladi.
«Şu munosabat bilan qaşşoqlikni tugatiş va kambağallikka qarşi kuraşişni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilaş hamda uşbu masalalarga bağişlangan global sammitni ötkazişni taklif etamiz.
Qadrli döstlar! Barçamizga ravşanki, pandemiyadan keyingi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi butunlay boşqaça tus oladi.
Biz xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yölidagi umumiy xatarlarga qarşi yangiça yondaşuvlar asosida va yaqin hamkorlikda işlaşimiz zarur.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining muvofiqlaştiruvçi xalqaro tuzilma sifatidagi markaziy örnini yanada kuçaytiriş lozim.

















