Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 75-sessiyasida sözlagan nutqi köplab xorijiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining diqqatini tortdi. Ularda prezident nutqiga bağişlangan turkum maqolalar e'lon qilindi.
Xususan, “Komsomolskaya Pravda - Qozoğiston”ning yozişiça, Özbekiston prezidenti koronavirusga qarşi kuraşda BMTning rolini kuçaytirişni taklif qildi.
“Şavkat Mirziyoyevning fikriça, pandemiya paytida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisida xalqaro kodeks işlab çiqilişi kerak. Uşbu hujjat har bir davlatning öz fuqarolari va xalqaro şeriklar oldidagi majburiyatlarini aks ettirişi lozim.
Bundan taşqari, Mirziyoyev Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) vakolatlarini kengaytiriş zarurligini ta'kidladi.
Respublika rahbari COVID-19 tarqalişi va pandemiya oqibatlariga qarşi kuraş Özbekistonda qanday taşkil etilayotganligini aytib berdi. Mamlakatda aholiga, iqtisodiyot tarmoqlariga va biznesga manzilli yordam körsatiş uçun maxsus fondlar taşkil etildi. Şuningdek, u şeriklarga qiyin paytda qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildirdi.
Boş assambleyada nutq sözlagan Mirziyoyev, şuningdek, BMT şafeligida Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va kommunikatsiya aloqalarini rivojlantiriş mintaqaviy markazi taşkil etişni taklif qildi. Uning sözlariga köra, Özbekiston rahbariyati Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida özaro işonç muhitini yaratişga muvaffaq böldi. Natijada, sönggi tört yil içida mamlakat va qöşni davlatlar örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi deyarli beş barobar ösdi”, - deb yozadi naşr.
Rossiyaning TopNews naşri “BMTda koronavirus töğrisida: Özbekiston davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi kodeksni işlab çiqişni taklif qildi” sarlavhali maqola e'lon qilindi. U Lenta.ru, “Mir 24”, “Rambler”, TASS saytlarida ham berildi.
Maqolada yozilişiça, Özbekiston BMT şafeligida pandemiya paytida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi xalqaro kodeksni işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi.
“Bu yil Boş assambleya birinçi marotaba koronavirus tufayli onlayn ötkazilmoqda va Mirziyoyev sönggi yuz yil içida bunday kölamdagi falokat bölmaganligini ta'kidladi. U butun insoniyatning bunday global tahdidlarga nisbatan zaifligini namoyiş etdi. Şu munosabat bilan Özbekiston prezidenti dunyodagi barça mamlakatlar örtasida muntazam muloqot, işonç va hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekanini bildirdi. “Bizning maqsad - har bir insonning asosiy huquqlari va erkinliklari, soğliği va farovonligini ta'minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda şakllantiriş”, - dedi u.
Bundan taşqari, Mirziyoyev Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) vakolatlarini kengaytiriş zarurligini ta'kidladi.
Mirziyoyevning sözlariga köra, boş kotib Antoniu Guterrişning davom etayotgan inqiroz şaroitida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşning dolzarb muammolariga bağişlangan sammit ötkaziş töğrisidagi taklifini Özbekiston qöllab-quvvatlaydi”, - deyiladi maqolada.
BMT Yangiliklar markazida “Özbekiston prezidenti Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilişni taklif etdi” sarlavhali maqola berildi.
Unda aytilişiça, BMT Boş assambleyasining 75-sessiyasi delegatlariga videomurojaat bilan çiqqan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilişni taklif etdi.
“U Orol dengizi tezlik bilan qurigani va iqlim özgarişining halokatli ta'siri haqida eslatdi. Mirziyoyev, şuningdek, öz mamlakatidagi islohotlar haqida gapirib, COVID-19’ga qarşi birgalikda kuraşişga çaqirdi.
Şavkat Mirziyoyev Özbekistonni “siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiyalaş” haqida gapirdi. “Bugun mamlakatimizdagi demokratik özgarişlar ortga qaytarib bölmas tus oldi”, dedi prezident. U ayollarning jamiyatdagi örni ortib borayotganligi töğrisida xabar berib, ularning yangi parlamentdagi soni ikki baravarga oşganligini ta'kidladi. Prezident yoşlarga yordam beruvçi loyihalar haqida gapirdi.
Prezident öz nutqida iqlim özgarişi muammosiga alohida e'tibor qaratdi va bugungi kunda har bir mamlakat uşbu jarayonning halokatli ta'sirini his qilayotganini ta'kidladi. “Afsuski, uşbu salbiy özgarişlar Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişiga jiddiy tahdid solmoqda. Orol dengizining qurişi jiddiy oqibatlarga olib kelganiga yana bir bor e'tiboringizni qaratmoqçiman. Orol dengizi zonasi ekologik ofatning episentriga aylandi”, - deya ma'lum qildi Özbekiston prezidenti.
Uning sözlariga köra, mamlakat uşbu özgarişlarga qarşi turişga harakat qilmoqda, jumladan “2 million gektar maydonda yangi landşaft, örmonzorlar va tuproq qoplamini yaratiş” orqali. Mirziyoyev Toşkentning taşabbusi bilan Orol dengizi mintaqasi uçun BMTning inson xavfsizligi böyiça Köp şeriklik trast fondi taşkil etilganini aytdi. Prezident uşbu jamğarma töldirilib, qiyin ekologik vaziyatga ega hududda yaşovçi aholiga xalqaro yordam körsatişning samarali mexanizmiga aylanişiga umid bildirdi.
“Biz Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qiliş töğrisida BMT Boş assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni, uşbu muhim hujjat qabul qilingan kunni esa Xalqaro ekologik tizimlarni muhofaza qiliş va tiklaş kuni deb e'lon qilişni taklif etamiz”, - dedi prezident”, - deyiladi BMT xabarida.
Belgiyaning Eurocontinent naşri “Özbekiston Markaziy Yevrosiyoda barqarorlik tayançi sifatida” sarlavhali maqola çop etildi.
“Agar dunyo xaritasiga qarasangiz, Özbekiston Yevrosiyoning markazida joylaşgan. Şuning uçun Markaziy Yevrosiyo - “Markaziy Osiyo”ga qaraganda mosroq atama hisoblanadi. Içki va taşqi tomondan Özbekiston Markaziy Osiyoda, şuningdek, butun Yevrosiyo qit'asida geosiyosiy barqarorlik va tinçlikka hissa qöşmoqda.
Özbekiston Markaziy Yevrosiyoning markazida juda muhim geosiyosiy pozitsiyani egallaydi va barqarorlikni saqlaşda muhim rol öynaydi. Mamlakat Markaziy Osiyoda eng köp aholiga ega. Şuningdek, Özbekiston Afğonistondan butun Markaziy Osiyo, keyinçalik Rossiya va Xitoyga beqarorlikning tarqalişini oldini oluvçi geosiyosiy qasrdir.
Markaziy Osiyo oldida mintaqaning global iqtisodiy, transport va tranzit yölaklariga integratsiyasini ta'minlaş kabi muhim strategik vazifa turibdi. Özbekistonning maqsadi - Markaziy Osiyo davlatlarini yanada nufuzli va farovon qiliş hamda “Yangi ipak yöli” taşabbuslaridan yaxşiroq foydalaniş”, - deyiladi maqolada.
Buyuk Britaniyaning PR Newswire naşri “Özbekiston prezidenti Afğoniston böyiça BMT doimiy qömitasini taşkil etiş töğrisida taklif bilan çiqdi” sarlavhali maqola e'lon qildi. U The cision (Buyuk Britaniya), Business Insider, The Frontier Post (AQŞ), Xinhua, China.org (Xitoy), Ariana News va Baztab News (Afğoniston), “RIA Novosti” (Rossiya) saytlarida ham berildi.
“Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasiga tinçlik harakatlarini muvofiqlaştiriş va mamlakatda siyosiy barqarorlik qaror topişiga kömaklaşiş uçun BMTning Afğoniston böyiça doimiy qömitasini tuziş töğrisida murojaat qildi.
Prezident Mirziyoyevning Boş assambleya sessiyasining oçilişidagi murojaatnomasi birinçi marta özbek tilida yangradi.
Prezident Ş.Mirziyoyev öz nutqida Afğonistonda tinçlikka kömaklaşiş böyiça Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan qadamlar töğrisida aytib ötdi”, - deyilgan maqolada.
BBC NEWS özbek xizmati (Buyuk Britaniya) “Özbekiston va dunyo: Şavkat Mirziyoyev özbek tilida nimalar dedi?” sarlavhali maqola bilan çiqiş qildi.
“Özbekiston rahbari pandemiya bois sirtdan qilgan nutqini aynan pandemiyadan boşladi, xalqaro hamjamiyat qarşisiga yangi taklifni ilgari surdi.
Prezident Mirziyoyev bu gal Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi xalqaro kodeksni işlab çiqiş ğoyasini örtaga taşladi.
Özbekiston rahbariga köra, "hujjatda har bir davlatning öz fuqarolari va hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etgan bölişi lozim".
Özbekiston joriy paytda Qozoğiston va Tojikistondan keyin Markaziy Osiyoning koronavirus eng köp tarqalgan uçinçi davlati böladi.
Şavkat Mirziyoyevning bu galgi nutqi ham keng qamrovli ekani körilgan. U yana Özbekistondagi islohotlar mavzusiga e'tibor tortgan, assambleya iştirokçilariga "Özbekistondagi demokratik özgarişlar ortga qaytmaydigan tus olgani"ni aytgan.
"Gender tenglik siyosati özlari uçun ustuvor masala ekani"ni ta'kidlagan. Özbekistonda "inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay özgargani"ni aytgan. Bu gal "majburiy va bolalar mehnati Özbekistonda töliq tugatilgani"ni bayon qilgan.
"Özbekistonda diniy erkinlik borasida ham vaziyat keskin yaxşilangani"ni qayd etgan. Işsizlik, korrupsiya va yoşlar masalasini ham tilga olgan. Yoşlar huquqlari töğrisidagi BMT konvensiyasini qabul qiliş böyiça özlarining taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.
Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erişiş va inson huquqlarini ta'minlaşda parlamentlar rolini oşiriş töğrisidagi BMT Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni ham taklif etgan.
Markaziy Osiyo bilan boğliq qator taşabbuslarni örtaga otgan. Bu gal ham Afğoniston masalasiga alohida töxtalib ötgan, BMT huzurida afğon xalqining dard-u taşvişini tinglaydigan, doimiy faoliyat körsatadigan qömita taşkil etiş lozimligini aytgan.
Özbekiston prezidenti yana global iqlim özgarişi muammosi va xuddi şu fonda Orol dengizi fojiasiga e'tibor tortgan. Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qiliş haqida BMT Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş taklifini ham ilgari surgan”, - deyiladi maqolada.
Bundan taşqari, Süddeutsche Zeitung “Prezident Şavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Özbekistonning yangi xalqaro taşabbuslarini taqdim etdi”, Berliner Telegraph “Terrorizm va ekstremizm bilan kuraş sohasida Özbekistonning yangi taşabbuslari”, Gazzetta di Napoli “Koronavirusga qarşi global kuraşda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbuslarining ahamiyati”, Frankcreations “BMT Boş assambleyasida Özbekiston prezidenti mintaqaviy özaro aloqalarni rivojlantiriş töğrisida gapirdi”, The Economic Times “Madaniyatni yuqori darajada tarğib qiliş: özbek tili birinçi marta BMTda işlatiladi” sarlavhali maqolalar e'lon qildi.












