Uçraşuv Qozoğiston tomonining taklifiga binoan Turkiston viloyatining Özbekiston bilan çegaradoş hududidagi Sariağaş şahrida ötkazildi.

«Ikki mamlakat yetakçilari Özbekiston-Qozoğiston strategik şeriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşdilar.

Koronavirus infeksiyasi global miqyosda tarqalişining oqibatlarini tez fursatda yengib ötiş maqsadida hukumatlar darajasida yaqindan muvofiqlaşuv va samarali hamkorlikni davom ettirişga alohida e'tibor qaratildi.

Ikki tomonlama savdo hajmini oşiriş va tovar ayirboşlaşning özaro kelişilgan körsatkiçlariga erişiş uçun qulay şaroitlar şakllantirişni davom ettiriş, qabul qilingan qöşma “Yöl xaritasi” doirasida sanoat, energetika, qişloq xöjaligi va transport sohalarida kooperatsiya böyiça ustuvor loyihalarni amalga oşirişga kömaklaşiş, hududlararo aloqalar va gumanitar almaşinuvlarni qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, mintaqaviy şeriklikni, jumladan, 2019 yil noyabr oyida Toşkent şahrida ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi yakunida erişilgan kelişuvlar asosida ilgari suriş masalalariga töxtalib ötilgan.

Bundan taşqari, MDH doirasidagi özaro manfaatli hamkorlikning asosiy yönalişlari körib çiqilgan.

Suhbat çoğida Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev qardoş Özbekiston va Qozoğiston xalqlari örtasida yaxşi qöşniçilik riştalari va har tomonlama aloqalarni mustahkamlaşda doimo qat'iy ekanliklarini yana bir bor ta'kidlaşgan.

Uçraşuv har doimgidek oçiq va döstona ruhda ötgan.