Respublikaning ba'zi maktablarida geografiya va tarix darslarida bor-yöği bitta xaritadan foydalaniladi. Ba'zan geografiya darsida foydalanilayotgan xarita darsni bölib, tarix fani uçun olib ketib qolinişi yoki buning aksi böladigan holatlar ham uçrab turadi.
Katta masştabdagi xaritalarning tanqisligi masalasini örganib, özi bunday turdagi xaritaning dars davomida öquvçi uçun ahamiyati qandayligi haqida «Maktabda geografiya» jurnali boş muharriri Oybek Abdimurotovga murojaat qildik.
«Geografiya darslarida katta masştabli xaritalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kiçik masştabli xaritalarda geografik obektlar kam bölib, ularning maydoni, şakli va ölçamlarida xatoliklar köp böladi. Katta masştabli xaritalarda esa geografik obektlar köproq bölib, ularning maydoni, şakli va ölçamlari kam xatolik bilan tasvirlanadi.
Şuningdek, bunday xaritalarda mayda masştabli xaritalarga qaraganda nisbatan kiçik hududlarni ham tasvirlaş imkoniyati yuqori. Bu esa öquvçilarda özi yaşaydigan viloyat, tuman, şahar va hatto mahalla yoki qişloğining geografik örni va boşqa xususiyatlari haqida aniq tasavvur hosil qiliş imkonini beradi», – dedi Oybek Abdimurotov.
Boş muharrirga köra, geografiya faniga doir bilimlarni yaxşi özlaştirişda öquv atlaslari va yozuvsiz xaritalar bilan işlaşning amaliy ahamiyati katta. Çunki öquv atlaslarida darslikdagi har bir mavzuga taalluqli xaritalar tizimli ravişda jamlangan. Öquvçilar uşbu xaritalar bilan işlaş orqali tabiat va jamiyatda sodir bölayotgan voqea va hodisalarni geografik makon bilan boğliqligini tuşunib, darslik matnidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böladilar.
Atlaslar va yozuvsiz xarita bilan işlaganda öquvçilar nafaqat öqib, balki voqea va hodisalarni özgariş xolatini köz bilan körib, qöl bilan bajarganlarida köproq anglab yetadilar.
Maktablar xarita va atlaslar bilan qay darajada ta'minlangan?
Maktab öquvçilarining xarita va atlaslar bilan ta'minlanganlik darajasini biliş maqsadida respublikaning turli viloyatlaridagi öqituvçilar bilan boğlanib kördik. Ularning aksariyati xarita va atlaslarning kamligini ma'lum qilişdi. Öqituvçilarga köra, bitta sinfda sanoqli öquvçilargina atlas va yozuvsiz xaritalardan foydalanişadi.
Ustozlarning ta'kidlaşiça, bunga sabab – atlas va yozuvsiz xaritalar narxining balandligidir. Ularning köpçiligi katta masştabli tabiiy, siyosiy va iqtisodiy xaritalarning juda kamligi yoki umuman yöqligini ham ta'kidlaşdi.
Ma'lum bölişiça, atlas va yozuvsiz xaritalarning öquv qurollari dökonlaridagi örtaça narxi 15-20 ming sömni taşkil qiladi.
Çekkaroq hududdagi ustozlar yarimşarlar xaritasi, Markaziy Osiyo, Özbekiston va viloyatlarning siyosiy-ma'muriy hamda tabiiy xaritalariga ehtiyoj kattaligi, ammo ularni topiş qiyinligini ta'kidlaşdi.
Kadastr agentligi va «Kartografiya» korxonasi munosabati
Xaritalar asosi, ularning ilmiy holatini işlab çiqiş Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oşiriladi.
«Yozuvsiz xarita va atlaslar asosini işlab çiqiş davlat mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Xalq ta'limi vazirligi butun respublika böyiça maktablar uçun qaysi turdagi, masalan, tabiiy, siyosiy, fizik yoki boşqa turdagi xaritalarning talabnomasini yiğib, şakllantirib bersa, biz körib çiqib, grafik asosida taşkil qilamiz. Bu işni ular bilan birgalikda kelişgan holda amalga oşirişimiz mumkin», – dedi Kadastr agentligining Yerni masofadan turib zontlaş, geodeziya va kartografiya boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Ixtiyor Ergaşev.
Respublikada 10 mingdan ziyod maktab mavjud. Atlaslar esa 10 ming nusxada çop etilmoqda. Bitta maktabda yuqori sinflar har biri örtaça 2tani taşkil qilsa, bu 50-60 öquvçiga bitta atlas töğri kelişini anglatadi. Adadning kamligi sabablarini «Kartografiya» ilmiy-işlab çiqariş davlat korxonasi rahbari Orif Ibragimov izohlab berdi.
«Atlas va yozuvsiz xaritalarga talab juda kam. Bizga asosan tadbirkorlik sub'yektlari özlarining sotişi uçun xarita va mavzuli xaritalar uçun buyurtma berişadi. Biz bir neça bor Xalq ta'limi vazirligiga murojaat qildik. Atlas va yozuvsiz xaritalarni heç bölmaganda maktab darsliklari bilan birga ijara tarkibiga qöşişni taklif qildik. Çunki geografiya darsliklari yangilanganda, atlaslar ham qayta yangilanadi. Darslikdagi özgariş va qöşimçalar atlaslarga ham kiritiladi. Hozirda biz özimiz imkonimiz yetguniça maktablar sonini aniqlab, tadbirkorlarni jalb qilgan holda atlas va yozuvsiz xaritalarni naşr etib turibmiz», – dedi Orif Ibragimov.
Atlaslarni ijara darsliklari qatorida tarqatiş masala yeçimi bölişi mumkin
Bir neçta öqituvçilar ham atlaslarni maktab darsliklari bilan birga ijaraga beriş taklifini ma'qullaşdi.
«Öquv atlaslari va yozuvsiz xaritalar sotuvda yetarli. Ammo ota-onalar farzandlariga olib berişi uçun qimmatlik qiladi. Agar imkoni bölsa, atlaslar sifatini yaxşilab, maktablarga darslik bilan ijaraga berilsa, öquvçilar sotuvdan faqat yozuvsiz xaritani olişsa degan fikrdaman. Şunda öquvçilar darsda töliq atlasdan foydalaniş imkoniga ega böladi», – dedi biz bilan suhbatlaşgan öqituvçilardan biri.
Öqituvçilar va «Kartografiya» ilmiy-işlab çiqariş davlat korxonasi rahbari taklifi yuzasidan Xalq ta'limi bilan boğlanib, izoh oldik. Xalq ta'limi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning ta'kidlaşiça, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xalq ta'limi vazirligi tomonidan maktablar faqat darslik va öquv metodik qöllanmalari bilan ta'minlanadi. Yozuvsiz xarita va atlaslar bilan ta'minlaş vazirlik tomonidan amalga oşirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi qarorida Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Respublika maqsadli kitob jamğarmasining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Bu vazifalar qatorida umumiy örta va örta maxsus ta'lim muassasalari öquvçilarini ijara asosida ta'minlaş uçun umumiy örta ta'lim muassasalarining kutubxona jamğarmalariga umumta'lim fanlaridan darsliklar va çet tillari böyiça maşq daftarlarini xarid qiliş va yetkazib berişni moliyalaştiriş belgilangan.
Şu örinda, maktab darsliklari bilan birga atlas, yozuvsiz xarita va turli hajm va xildagi xaritalarning yetkazilişini moliyalaştiriş masalasi ham qöşilsa, respublikadagi öquvçilarning geografiya va tarix fanlarini çuqurroq örganişlariga, öqituvçilarga qiyinçilik tuğdirayotgan masalaga yordam berişi mumkin.
Xulosa
Respublikaning aksar maktablarida yozuvsiz xarita, atlas hamda turli xil va hajmdagi xaritalarga ehtiyoj ança yuqori. Öqituvçilar dars jarayonida xarita va atlaslar yetişmovçiligi sabab öquvçilar bilan samarali işlaşda qiyinçilikka uçraşmoqda. Ota-onalarda atlas va yozuvsiz xaritalarni sotib oliş uçun yo e'tibor, yo mablağ yetişmaydi.
Xalq ta'limi vazirligi respublikadagi maktab öquvçilari sonidan kelib çiqib, atlaslar, xaritalar va yozuvsiz xaritalar uçun ehtiyojni aniqlab, muammo yeçimiga jiddiyroq yondaşişi – öquvçilarning geografiya va tarix fanlarini çuqurroq örganişlariga xizmat qilişi şubhasiz.
Zuhra Abduhalimova,
Kun.uz muxbiri











