Yangiliklar noşirlari uzoq vaqtdan beri bu qidiruv tizimidan öz ma'lumotlaridan foydalangani uçun tovon puli söraşmoqda. Google ötgan yili qidiruv tarmoğidan qariyb 162 milliard dollarlik daromad olib, 34,3 milliard dollar foyda körgan. Tabiiyki, bu noşirlarni bezovta qilgan.
Google noşirlarni Google News Showcase dasturi yordamida moliyalaştiradi. Bu dastur şartnomasini birinçi bölib Germaniyaning qator gazetalari imzoladi. Şuningdek, dastur Belgiya, Hindiston, Niderlandiya va boşqa mamlakatlarga tarqatildi. Argentina, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Kanada va Germaniyadagi 200ga yaqin noşirlar ham dasturda röyxatdan ötdilar.
Naşriyotçilar yangiliklarini öz xohişlariga köra dasturga joylaş va uni işga tuşiriş orqali Google’dan yangiliklarni moliyalaştirişini söraşi mumkin.
Google’ning bu taşabbusi ob-havo va şu turdagi ma'lumotlarni tarqatuvçi naşrlar daromadiga zarar yetkazgani aytiladi.











