Joriy yilning 5 oktabr kuni Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga 15 nafar şaxs “metgemoglobin hosil qiluvçi birikmalardan zaharlaniş” taşxisi bilan murojaat qilgan.

Postda naşri xabariga köra, şu kuni soat 05:30larda Samarqand şahrida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan O.T. xonadonida uy şaroitida tovuq göştidan kabob taomini tayyorlagan. Şu taomdan özi bilan birga yaşovçi 10 nafar oila a'zolari: turmuş örtoği, farzandlari, onasi, kelinoyisi, jiyanlari va şu xonadonda quriliş işlarini olib borayotgan beş nafar usta iste'mol qilişgan. 

Qayd etilişiça, birozdan söng ular özlarini yomon his qilişgaç, tez yordamga qönğiroq qilişgan.

Ularga tibbiy yordam körsatilib, davolaş işlari olib borilgan. Hozirda tegişli soha xodimlari tomonidan holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.