Toşkent metropoliteni Sergeli yönalişini quriş işlari yakunlanmoqda. Sergeli — Olmazor metro yönalişida relslarni örnatiş işlari tugatilib, bekatlarda sönggi pardozlaş işlari olib borilmoqda.
Transport vazirligi xabariga köra, umumiy qiymati 82,66 million AQŞ dollari bölgan uşbu loyihada dastlabki quriliş işlari 2017 yil boşida boşlangan. Loyiha “Çoştepa”, “Toşkent halqa yöli”, “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipçoq” bekatlaridan iborat. Bugungi kunda uşbu obekt quriliş işlarida 1 ming 200ga yaqin mutaxassislar va işçi-xodimlar, yuzdan ortiq maşina va texnikalardan foydalanilmoqda.

Quruvçilar tomonidan hozirgaça “Çoştepa”, “Toşkent halqa yöli”, “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipçoq” bekatlarida asosiy quriliş işlari yakunlanib, taşqi va içki qismlarga bezak beriş işlari amalga oşirilmoqda. Şu kungaça bekatlar oraliğidagi ikki yölli pölat izlarning jami 12,8 kilometr qismiga temir yöl izlari töliq yotqizildi.
“Çoştepa” bekati Çilonzor yönalişidagi “Olmazor” yer osti bekati bilan boğlanadi. Uşbu yönalişning tunnel qismi Toşkent metropolitenining Çilonzor yönalişidagi “Olmazor” yer osti bekatiga ulandi. “Çoştepa” bekati yangi liniyaning dastlabki estakada şaklidagi bekati böladi. Undan keyin esa “Toşkent halqa yöli” bekati keladi. Uşbu yönaliş “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipçoq” bekatlari bilan yakun topadi. Bu bekatlarda ham yerda asosiy quriliş işlari tugatilib, perronlarni pardozlaş, eskalator örnatiş, metro poyezdlari uçun elektr energiyasini montaj qiliş, elektr yoritiş uçun kommunikatsiya kabellarini ulaş işlari olib borilmoqda.

Bekatlarning kiriş, çiqiş hududlari körinişi jihatidan bir-birini takrorlamaydi, yölovçilar uçun qulayliklar yaratilişi közda tutilgan. Imkoniyati çeklanganlar uçun bekatlar platformasida xavfsiz taktil plitkalar yotqizilişi hamda yölovçilarning platformalarga kötarilişi uçun zamonaviy lift va eskalator, xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida esa bekatlarga zamonaviy videokuzatuv uskunalari, IT rusumdagi turniketlar hamda elektr tejaydigan yoritiş çiroqlari örnatiladi. Mobil aloqa uskunalari uçun elektr quvvatlagiçlar böladi.
Sergeli metro yönalişida quriliş işlari töliq tugatilgaç, “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati va Rossiyaning “Metrovagonmaş” aksiyadorlik jamiyati örtasidagi kelişuvga köra Toşkent şahridagi yer usti metropoliteni uçun har biri 4 vagondan iborat metro poyezdlari mazkur yangi yönalişda harakatlanadi.












