Quriliş işlari joriy yil iyul oyida boşlangan edi. 5 qavatli ikkita öquv korpusi, 8 qavatli ma'muriy bino va 4 qavatli yotoqxona qad kötarmoqda.

Bugungi kunda institutda 5 ming 400 dan ziyod talaba ta'lim oladi. 2020/2021 öquv yilidan kredit-modul tizimiga ötiş natijasida 18 ta bakalavr ta'lim yönalişi va 23 ta magistratura mutaxassisligi oçildi. Bölğusi quruvçilarga zamonaviy bilim beriş maqsadida “aqlli” uylar va şaharlar infratuzilmasini loyihalaş, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, inşootlar zilzilabardoşligi kabi yangi yönalişlar dasturga kiritildi.

Binolar foydalanişga topşirilgaç, talabalarni qabul qiliş qamrovi va ta'lim sifati ortadi.

«Oxirgi yillarda mamlakatimizda quriliş sohasi rivojlandi, katta-katta inşootlar, zavodlar, uylar barpo etilmoqda. Lekin kim loyiha qilyapti, kim quryapti, qanday quryapti, degan savollar köndalang turibdi. Bu yerda zamonaviy quriliş industriyasiga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanişi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari institut yonidagi 8-avtobus saroyini ham kirib kördi. Bu avtoparkni boşqa joyga köçirib, zamonaviy şart-şaroitlar yaratib beriş, uning örnida quriliş materiallari böyiça ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etiş taklifi bildirildi.

«Bu hudud quruvçilar massivi bölişi kerak», dedi davlat rahbari.

Arxitektura-quriliş institutining murabbiylari, ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari va ularning oilalari uçun ijtimoiy obektlar ham barpo etilişi aytildi.