Ozarboyjonning Moskvadagi elçixonasi Rossiya Taşqi işlar vazirligiga norozilik notasi yubordi. TASSning diplomatik vakolatxonaga tayanib xabar berişiça, nota Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonovning Toğli Qoraboğga taşrifi bilan boğliq.
«Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonovning okkupatsiya qilingan hududga noqonuniy taşrif buyurişi Ozarboyjonning xalqaro tan olingan çegaralarini buziş hisoblanadi. Şu sababli Ozarboyjon elçixonasi Rossiya Taşqi işlar vazirligiga norozilik notasi yubordi», – deyiladi xabarda.
Elçixonaning ta'kidlaşiça, notada «Davlat dumasi deputatining bu kabi provokatsion harakatlari Ozarboyjon jamoatçiligi va Rossiyadagi köp sonli diasporaning ğazabini keltiriş hamda rus-Ozarboyjon aloqalarini yomonlaştirişga qaratilgani» ta'kidlangan.
16 oktabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonovning tan olinmagan Toğli Qoraboğga taşrif buyurgani hamda hudud yetakçilari bilan uçraşuv ötkazgani aytilgan edi.












