Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya, AQŞ va Fransiya Armanistonga qurol yetkazib berayotganini aytdi.
"Armaniston sulhni yana buzdi. YeXHTning Rossiya, AQŞ va Fransiyadan iborat Minsk guruhi Armanistonga qurol bilan har tomonlama kömak bermoqda. Ular Armaniston tarafida turibdi", - dedi Erdöğan.
Erdöğan avval ham Minsk guruhini e'tiborsizlikda ayblagandi.
"Minsk guruhi hali ham bu jarayonni çözmoqda. Agar masalani hal qilişni istasangiz, yeçimni çöziş bilan emas, yeçimning özi bilan şuğullaniş kerak. Nahotki bitta muammoni 30 yil yeçiş mumkin? Minsk guruhi muzokaralarni yakunlab, bosib olingan yerlarni egalariga qaytarişi kerak. Bu ön yillarga çöziladigan iş emas. Lekin ular yerlarni berişmadi. Bu nimaga olib keldi? Mana bunday vaziyatga", - degandi Erdöğan.
10 oktabr kuni Ozarboyjon va Armaniston Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişib olgani ma'lum qilingandi. Ammo keyinroq ular bir-birini mazkur rejimni buzişda aybladi.
17 oktabr kuni esa Armaniston va Ozarboyjon taşqi işlar vazirliklari Toğli Qoraboğdagi öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgani töğrisida bayonot berdi.
Toğli Qoraboğda qurolli töqnaşuvlar 27 sentyabrda boşlangandi. Armaniston tomoni tan olinmagan Qoraboğ armiyasi hujumlarga turib berayotganini aytayotgan bölsa, Ozarboyjon öz hududi hisoblangan Toğli Qoraboğ uçun jang qilayotganini, mojaroni hal qilişda faqat harbiy yeçim körayotganini, qator hududlar qaytarilganini ma'lum qilmoqda.












