Kun tartibidagi yana bir masala sifatida NATOning Iroqdagi öquv missiyasi va Iroqning terrorizmga qarşi kuraşini qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilinadi. Bundan taşqari, ayollarning tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaşga qöşgan hissasi ham kun tartibida mavjud.

Ikki kunlik uçraşuv yakunida NATO Boş kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani ötkazişi va jurnalistlarga ma'lumot berişi kutilmoqda.

Yiğilişning birinçi kuni NATO mudofaa vazirlari Germaniyaning Ramşteyn şahrida joylaşgan NATO havo qömondonligi qoşida NATO kosmik markazini taşkil etişga kelişib oldilar. Keça muhokama qilingan masalalar qatorida NATOning Rossiyaning yadroviy salohiyatiga munosabati, 5G kabi muhim infratuzilmalar, yuklarni adolatli taqsimlaş va Şarqiy Örta Yer dengizdagi siyosiy vaziyat ham joy olgan edi.