Xakatonni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Yoş tadbirkor, Yoşlar işlari agentligi hamda IT park hamkorligida taşkil etilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, tadbir davomida iştirokçilar Özbekistonning eng ilğor IT mentorlaridan ta'lim oliş, öz jamoasi bilan final bosqiçida IT yeçim yaratib, noutbuklar, bepul ofis, professional dasturçi şartnomasi va yana bir qator yutuqlar egasi bölişi mumkin.
Xakaton yönalişlari:
- Zöravonlikning oldini oliş;
- Korrupsiyaga qarşi kuraşiş;
- Yoşlar bandligi.
Xakatonda qatnaşişni istovçilar jamoa töplagan holda (maksimum – 4 kişi), quyidagi havola orqali röyxatdan ötişi mumkin.
Uçta viloyatdan 20 nafardan (4 kişidan iborat 5tadan jamoa) – jami 60 nafar iştirokçi qatnaşadi. Jamoalar tarkibi jinslar böyiça mutanosib bölişi kutilmoqda.
Iştirokçilarni röyxatga oliş 6 noyabr soat 23:59ga qadar davom etadi. Batafsil ma'lumotni uşbu havola orqali oliş mumkin.











