
Har yilgidan ertaroq boşlangan elektr muammosi aholi va tadbirkorlar e'tiroziga sabab bölmoqda. Biz Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarining «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalari rahbarlaridan sovuq kunlar oldidan aholini qiynayotgan savollarga javob olişga harakat qildik.
Bu yil elektr ta'minotidagi uzilişlar erta boşlanganining sababi nimada?
Jahongir Rizayev, «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori:
– Haqiqatan ham ötgan yillarda elektr ta'minotidagi uzilişlar noyabr–dekabr oylarida boşlanar edi. Bu yil oktabr oyining ikkinçi ön kunligida havo keskin tuşib ketişi natijasida elektr energiyasiga bölgan talab qariyb 1,5 baravar oşib ketdi. Oqibatda tizimda quvvat yetişmovçiligi paydo böldi.

Keling, mana şu savolga batafsilroq javob bersam. Prezidentimizning 4249-sonli qaroriga asosan, «Özbekenergo» AK isloh qilinib, uning negizida uçta alohida taşkilot taşkil etildi. Hammamizga ma'lum, elektr energiyasi «Issiqlik elektr stansiyalari» tomonidan işlab çiqariladi. Işlab çiqarilgan elektr energiyasi «Milliy elektr tarmoqlari»dagi yuqori kuçlanişli magistral elektr tarmoqlari orqali «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalariga yetkazib beriladi. Biz bu yerda eng oxirgi vazifani bajaramiz, ya'ni töğridan töğri iste'molçilar bilan şartnoma tuzib, iste'molçilarga elektr energiyasi yetkazib beriş bilan şuğullanamiz. Vazifamiz şu.
Aytmoqçimanki, iste'molçilarga elektr energiyasi yetkazib berişdan korxonamiz moddiy manfaatdor. Qança köp iste'molçiga elektr energiyasi yetkazib bersak, korxonamizning iqtisodiy körsatkiçlari şunça oşadi.
Hozirgi kunda tizimda, ya'ni işlab çiqaruvçi stansiyalarda yoqilği resurslari yetişmagani natijasida quvvat kamayib, natijada iste'molçilarimizga talab darajasida elektr energiya yetkazib berila olmayapti. Buning asosiy sababi şu. Agar bizga yetarli darajada elektr energiyasi yetkazib berilsa, biz ham iste'molçilarga töğridan töğri töliq talab böyiça yetkazib bera olamiz.
Dilşodbek Jalilov, «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori:
– Iste'mol oşganiga nazar solsak, köp narsa oydinlaşadi. Ötgan yil 1 oktyabrda bir sutkada 13 mln kilovatt/soat elektr energiya olgan bölsak, bugungi kunga kelib 19 mln kVt/soatga oşdi. Iste'mol 6 mln kVt.ga oşgan.
Aholidan, iste'molçilarimizdan iltimos qilardimki, elektr energiyasidan oqilona foydalanişimiz kerak. Asosiy ehtiyojlar uçun – yoritiş va maişiy texnikalarga işlatişimiz zarur.

Haqiqatan ham oktabr oyi tugamasdan tarmoqda çeklovlar, öçişlar, uzilişlar kuzatilib turibdi. Yana qaytarib aytamanki, bizning tarmoqlarimiz elektr energiyasini qabul qilib, iste'molçilarga yetkazib berişga tayyor. Lekin bugungi kunda yoqilği tanqisligi oqibatida, stansiyalarimizda işlab çiqariş hajmi kamaygani oqibatida şunday uzilişlar bölyapti. Ya'ni 110 kilovoltli tarmoqlarimizda çeklovlar, avtomatika tizimida betartib ravişda öçişlar yuzaga kelmoqda.
Ayni paytda «Milliy elektr tarmoqlari» ham, «Issiqlik elektr tarmoqlari» ham muammoni barataraf qiliş uçun çora-tadbirlarni belgilaşyapti.
Baxtiyorjon Obidov, «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori örinbosari:
– Uzilişlar 25 oktyabrdan boşlandi. Buning sababi – Turkmaniston Respublikasi energiya tizimidagi nosozliklardir. Oqibatda esa soatiga 730 mVt elektr energiyasi importi töxtab qoldi.

Muammolar ikki kun davom etdi. Bundan taşqari, havo sovib, viloyatda iste'mol ortib ketdi. Xonadonlarda gaz bosimi pasayib ketgani hisobiga isitiş elektr energiyasi orqali amalga oşirilmoqda.
Hududiy elektr tarmoqlari kuz-qiş mavsumi oldidan qanday işlarni amalga oşirdi?
Jahongir Rizayev, «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori:
– Korxonamiz tomonidan 2020-2021 yillarda aholiga, ijtimoiy soha va tadbirkorlik sub'yektlariga elektr energiya yetkazib beriş maqsadida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça oldimizga qöyilgan vazifalarning barçasi bajarildi.
Favqulodda öçişlarni oldini oliş yoki sodir bölgan avariyalarni tezlik bilan bartaraf etiş maqsadida zaxira qurilmalarimiz, tezkor xizmat körsatiş brigadalarimizni töliq taşkillaştirdik.

Hozirda bu işlarni bajariş uçun bizda yetarli material zaxiralarimiz bor. Xizmat körsatiş xodimlarimiz yetarli. Transport vositalari bilan töliq ta'minlanganmiz.
Dilşodbek Jalilov, «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori:
– Bugungi kunda 2 400 km tarmoqlarni mukammal ta'mirladik. Belgilangan reja böyiça işlarni 100 foiz bajarişga erişdik. 849 ta transformatorni ham ta'mirga muhtoj joylarini mukammal ta'mirlab, yoğ quyiş va boşqa masalalarni töliq hal qildik.

Tarmoqlarda joriy ta'mirlarni ham amalga oşirganmiz. Bugungi kunda daraxt şoxlaridan tozalaş, avariya bölişining oldini oliş uçun simlarni tortib, taranglab, bu yönalişdagi işlar ham şahar va tuman ekspluatatsiya xodimlari tomonidan amalga oşirilgan.
Baxtiyorjon Obidov, «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori örinbosari:
– Bu yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş maqsadida 22 ta şahar-tumanlarning har birida 22 ta nosozlikni bartaraf qiluvçi maxsus brigadalar taşkil etilgan. Ularni kerakli avtomaşinalar va jihozlar bilan ta'minlaganmiz.

Bundan taşqari, jamiyatimizning uskunalar bilan ta'minlaş ustaxonasida kuygan transformatorlarni ta'mirlab, joyiga olib borib qöyiş uçun alohida brigadalar taşkil qilganmiz. Ular kun davomida navbati bilan smena asosida işlaydi. Sutka davomida kuygan transformatorni olib kelib, zudlik bilan yana joyiga olib borib qöyiş imkoniyati mavjud.
Hozirda kuygan transformatorlarni örniga olib borib qöyib, almaştiriş işlarini taşkil qiliş maqsadida kuz-qiş mavsumi uçun 35 dona transformator punkti alohida zaxira sifatida markaziy omborda saqlanyapti.
Aholi qiş mavsumida elektr ta'minoti me'yorida bölişidan umid qilsa böladimi?
Jahongir Rizayev, «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori:
– Albatta, bu yil holat ijobiy tomonga özgarişi aniq. Yildan yilga yaxşilanyapti. Biz favqulodda öçişlarning oldini oliş, avariyalarni bartaraf etiş uçun yetarli zaxiraga egamiz. Xodimlarimiz ham, moddiy-texnik bazamiz ham yetarli.
Dilşodbek Jalilov. «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori:
– Uzluksiz elektr energiyasi yetkazib beriş uçun tarmoqlarimiz tayyor. Qurilmalar, transformator punktlarimiz ham şay holatda. Iste'molçilarga elektr energiya yetkazib bera olamiz.
Baxtiyorjon Obidov. «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ boş direktori örinbosari:
– «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi bu yil kuz-qiş mavsumiga belgilangan barça işlarni amalga oşirdi. Agar bizga «Milliy elektr tarmoqlari» orqali uzilişlar bölmasa, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlaşga tayyormiz.

Xulosa
Şuni aytiş lozimki, iste'molçiga elektr energiyasini yetkazib beriş muammosi uç yirik taşkilot – «Issiqlik elektr stansiyalari», «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» va «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatlari bir bölib va maromida işlasagina hal böladi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalari esa bu tizimning eng quyi, iste'molçi bilan bevosita iş olib boruvçi böğini bölgani uçun aholi vakillari bu taşkilotni elektr muammosi kelib çiqişiga sababçi deb biladi.
Soha vakillari elektrdagi uzilişlar, çeklovlarga iste'molçilarning tokdan isitiş uçun foydalanayotganini sabab qilib körsatmoqda. Bundan körinadiki, joylardagi gaz ta'minoti korxonalari sovuq mavsumda energetiklar bilan «aravani teng torta olmayapti». Kömir ta'minoti esa haminqadar. Bor kuç elektr tizimi gardaniga tuşmoqda.
Nahotki yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammoning yeçimi bölmasa?
Elmurod Ermatov,
Ahrorbek Yoqubjonov.











