Jahon banki Özbekistonda elektr energiyasini taqsimlaş tizimining samaradorligi va işonçliligini oşiriş uçun 100 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi.

Dastur doirasida mamlakat böylab 60 ta asosiy podstansiyani yangilaş va raqamlaştiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, loyiha natijasida modernizatsiya qilingan infratuzilma işga tuşirilganidan keyingi beş yil içida qariyb 11,7 mingta qöşimça iş örni yaratilişi kutilyapti.

Dastur doirasida 2031-yilga borib modernizatsiya qilingan podstansiyalarda yillik elektr energiyasi yöqotişlarini 20 ming MWh’ga kamaytiriş va kamida 3,3 GW qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini tarmoqqa integratsiya qiliş imkoniyati yaratilişi kutilmoqda. Bundan taşqari, loyiha har yili qariyb 23 ming tonna karbonat angidridga teng issiqxona gazlari çiqindilarining oldini olişga yordam beradi.