IES işlayotganda tabiiy gazning yillik tejamkorligi 2,0 milliard kub metrni, elektr energiyasi işlab çiqariş esa 10,0 milliard kilovatt soatni taşkil qiladi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, ayni paytda quriliş maydonçasida obektni quriş uçun yer maydonini tayyorlaş işlari boşlandi.

Loyiha doirasida boş pudratçi – Xitoyning China Gezhouba Group Corporation (CGGC), kompaniyasi aniqlandi, u obektni “tayyor holda” topşiriş asosida quradi. Elektr stansiyasi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Şirin şahrida joylaşadi.
Loyiha Yaponiyaning MHPS kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, foydali iş koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori bölgan eng zamonaviy kombinatsiyalangan sikllardan foydalanişni nazarda tutadi.
Prezidentning 2020 yil 10 avgustda “Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4799-sonli qarori qabul qilingan.

Hujjat bilan Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini quriş töğrisidagi investitsiya şartnomasi Özbekiston investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projecs” (Saudiya Arabistonning suv va energetika loyihalari böyiça kompaniya) va “Acwa Power Sirdarya” MÇJ (loyiha kompaniyasi) örtasida tasdiqlangan.
Şuningdek, qaror bilan “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Acwa Power Sirdarya” örtasida elektr energiyasini sotib oliş töğrisida kelişuv tasdiqlandi. Loyiha kompaniyasi işlab çiqarilgan elektr energiyasini faqat “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotilişini kafolatlaydi.











