Prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş masalalariga bağişlab ötkazilayotgan yiğilişda Sirdaryo viloyatidagi qator tibbiyot muassasalarini «tibbiyot klasteri»ga birlaştiriş haqida gapirdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari bu borada Guliston şahridagi Respublika şoşilinç yordam ilmiy markazi filiali va viloyat köp tarmoqli şifoxonasi bir hududda bölib, unga tutaş yoki atrofida 10ga yaqin tibbiyot muassasalari joylaşganiga alohida e'tibor qaratgan.

«Uşbu tibbiyot muassasalarini viloyat köp tarmoqli şifoxonasiga yagona boşqaruv asosida birlaştirib, «tibbiyot klasteri»ga aylantiriş, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini taşkil etiş uçun barça zaruriy infratuzilma mavjud.

Şu orqali yiliga qariyb 2,5 mlrd sömni iqtisod qilib, şifoxonaning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş va tibbiyot xodimlari sonini oşiriş mumkin», degan prezident.

Şavkat Mirziyoyev bu borada mutasaddilarga şu yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda «Guliston tibbiyot klasteri»ning loyihasini işlab çiqib, işni boşlaş topşiriğini bergan.

Unga köra, bu masalada hozirda Turkiyaning «Soğliq bilimdoni» universiteti bilan muzokara ötkazilmoqda.