«Taşrifdan asosiy maqsad hududda köp yillar davomida yiğilib qolgan muammolar yeçimini topiş, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojiga turtki beriş, şu boradagi yangi vazifalarni belgilaşdir», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari viloyatga safarini Shahrisabz şahridagi “Oqsaroy vortex” mas'uliyati çeklangan jamiyatda sintetik aralaşmali ip va mato işlab çiqariş jarayoni bilan tanişişdan boşladi.

Bu yerda “Oqsaroy group” kompaniyasi tarkibiga kiruvçi “Shahrisabz textile” va “Oqsaroy textile” korxonalari taşkil etilgan bölib, ularda umumiy qiymati 54 million dollar bölgan 3ta loyihani bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş, 1 ming 610 ta iş örni yaratiş, yiliga 22 million dollarlik mahsulot eksport qiliş belgilangan edi. 

Birinçi bosqiçda 2014 yili Milliy bank invest kompaniyasidan “Oqsaroy textile” korxonasining 21 million dollarlik 100 foiz uluşi sotib olinib, modernizatsiyasi natijasida bu yerda yiliga 9 ming tonna ip kalava, 4 ming tonna trikotaj mato işlab çiqariş yölga qöyildi.

Uşbu korxonada 2019 yilda 6 million dollarlik mahsulot eksport qilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç 8 million dollarni taşkil etdi.

Ikkinçi bosqiçda joriy yilning oktabr oyida “Oqsaroy vortex” korxonasi taşkil etilib, sun'iy va tabiiy toladan kalava ip va trikotaj mato işlab çiqariş loyihasi işga tuşirildi. Loyiha qiymati – 15 million dollar, yiliga 3 ming tonna kalava ip, 5,5 ming tonna sun'iy tolali ip, 3,5 ming tonna trikotaj mato işlab çiqariş quvvatiga ega. Eksport hajmi yiliga 7 million dollarni taşkil etadi. 

Uçinçi bosqiçda uşbu korxonalar yonida yana bitta töqimaçilik fabrikasi barpo etilib, kalava ip va trikotaj mato işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilgan. Kelasi yil işga tuşadigan loyiha natijasida 700 ta yangi iş örni yaratiladi. 

 

Prezident korxonadagi işlab çiqariş jarayonlarini, kalava ip va tayyor mato namunalarini közdan keçirdi.

Uning an'anaviy ip-yigiruv korxonalaridan asosiy farqi – bu yerda Yaponiyaning «Murata» kompaniyasida işlab çiqarilgan Vortex texnologik uskunalari örnatilgan. Uşbu texnologiyaning afzalligi kalava ip töqilayotganda tola markazlaşgan aerodinamik havo bosimi orqali ötkaziladi. Natijada ipning tukdorligi kamayadi, sifati ortadi. 

Davlatimiz rahbari Qaşqadaryo viloyatining paxta yetiştiriladigan töqqizta tumanida “Oqsaroy vortex” korxonasi namunasidagi  töqimaçilik kombinatlari taşkil etiş, ularni barpo etişda arzon konstruksiyali texnologiyalardan foydalaniş böyiça topşiriq berdi. Çunki quriliş qança qimmat bölsa loyiha özini oqlaşi şunça qiyin böladi.

Mutasaddilarga Qaşqadaryo viloyatida töqimaçilik sanoatini rivojlantiriş, bunda xomaşyodan tayyor mahsulotgaça bölgan tizim yaratiş, klasterlar faoliyatini tahlil etib boriş yuzasidan vazifalar berildi.