Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi xabariga köra, yangi çeklovlar 2020 yil 20 noyabrdan kuçga kiradi.

Bundan avval 65 yoşdan katta fuqarolarning köçaga çiqişlariga örnatilgan çeklovlar endi 20 yoşdan kiçik şaxslarga nisbatan ham qöllaniladi.

Mamlakatda dam oliş kunlari uydan çiqişga qisman taqiq joriy etilmoqda. Mamlakat böylab dam oliş kunlari qisman komendantlik soati ham amal qiladi. Aholiga faqat mahalliy vaqt bilan soat 10:00dan 20:00gaça köçaga çiqişga ruxsat beriladi.

Jamoatçilik muassasalari, bozorlar, savdo markazlari, dökonlar, restoranlar, kafelar, sartaroşxonalar hafta davomida soat 10:00dan soat 20:00gaça işlaydi. Restoranlarga faqat buyurtmalarni yetkazib beriş yönalişida faoliyat körsatişga ruxsat etilmoqda. Kinoteatrlar yil oxirigaça yopiq böladi. Öyin va sport maydonçalaridan foydalaniş taqiqlanadi. Mamlakatdagi barça sport tadbirlari hozirgi vaqtdagidek tomoşabinlarsiz ötkaziladi.

Maktab öquvçilari va talabalar uçun masofaviy öqitiş 2020 yil oxirigaça uzaytirilmoqda.

Köçada sigaret çekişga taqiq ham öz kuçida qoladi.

Bundan taşqari, mahalliy hokimiyat organlariga epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda, qöşimça çeklov çoralarini joriy etiş huquqi berildi. Xususan, Turkiyadagi koronavirus bilan kasallanişning deyarli yarmi qayd etilgan Istanbul şahri rasmiylari 2020 yil 19 noyabrdan boşlab muzeylar va san'at markazlari, suziş havzalari va konsert zallarini yopmoqda.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga binoan, Özbekiston elçixonasi Turkiyada vaqtinça bölib turgan, öqiyotgan, mehnat qilayotgan, doimiy yaşayotgan yoki uşbu mamlakatga taşrif buyurişni rejalaştirayotgan fuqarolarni uşbu çeklov çoralarini hisobga oliş, öz soğligiga e'tiborli böliş hamda Turkiya rasmiy idoralarining aholini koronavirus tarqalişidan himoya qilişga qaratilgan barça talablariga amal qilişga çaqirgan.