Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qarşi şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Koson tumanidagi 100-sonli maktab direktori örinbosari N.O., fuqaro X.ning işonçiga kirib, mansabdor tanişlari orqali şu maktabga psixolog vazifasiga işga joylaştirib qöyiş evaziga 1 200 AQŞ dollari sörab, şundan 800 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Xuddi şunday, Şahrisabz tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 7-sonli maktab direktori B.S. maktab balansida bölgan yaroqsiz qozonxona binosini balansdan çiqarib, firibgarlik yöli bilan fuqaro A.ga 6 000 AQŞ dollariga sotişni rejalaştirib, yer uçun hujjatlarni tayyorlab beriş evaziga kelişilgan pulning 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
“Toşkent-Andijon” yönalişidagi poyezd vagon kuzatuvçisi firibgarlik ustida uşlandi
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan transport prokuraturasi bilan ötkazilgan tezkor tadbirda, “Toşkent-Andijon” yönalişi vagon kuzatuvçisi F.X. fuqaro M.ning işonçiga kirib, uni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali özi işlab kelayotgan jamiyatga işga kiritib qöyiş evaziga 2 500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











