Mamlakat Taşqi işlar vaziri Motegi Toşimitsuning sözlariga köra, Yaponiya 2021-2024 yillarda Afğonistonni tiklaş uçun 720 million dollar ajratadi.
“Biz ötgan 4 yildagi kabi yillik 180 million dollar hajmida mablağ ajratişni 2021-2024 yillarda ham davom ettirişga harakat qilamiz”, – dedi u.
Motegi Afğoniston hukumati va “Tolibon” kuçlari örtasida öt oçişni töxtatiş töğrisidagi doimiy muzokaralarni eslab ötdi.
“Muzokaralar davom etişi uçun barça tomonlarni öt oçişni töxtatişga çaqiramiz. Muzokaralar barqaror tinçlikka olib kelişiga işonamiz”, – dedi Motegi Toşimitsu.











