Qayd etilişiça, plastik kartalardan foydalaniş yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar insonlarning işonçidan va kartalarni işlatişning asosiy qoidalarini bilmasligidan foydalanmoqda.

Banklar va qonunni muhofaza qiluvçi organlar muntazam ravişda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bölgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqda. 

Firibgarlardan ehtiyot böliş uçun quyidagi tavsiyalarga qat'iy rioya qiliş söralgan:

  • karta PIN-kodini begonalarga aytmaslik;
  • tekşiriş uçun SMS tasdiq kodini heç kimga körsatmaslik;
  • şubhali şaxslarga pul ötkazmaslik;
  • ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari körinib turgan karta suratini joylaştirmaslik.

«Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS böyiça tasdiqlaşni biliş uçun heç qaçon mijozlarga qönğiroq qilmaydi.

Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, özlarini bank yoki Uzcard xodimlari bölib taniştirişlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni yeçib oliş. Agarda sizga bunday qönğiroq kelib tuşgan bölsa, e'tibor bermang», - deyiladi ma'lumotda.