“Bu puxta öylangan qarordir. Biz xavfsizlikni birinçi öringa qöyadigan mas'uliyatli aviakompaniya ekanimizni namoyiş qilmoqçimiz”, deb izoh bergan uşbu qarorga kompaniyaning tijoriy direktori Konstantin Vekşin. 

Hozirda aviakompaniyada yaqinda yuz bergan hodisaning mustaqil tergovi boşlangan. Şuningdek, kompaniya buyurtmaçilar bilan reyslarni qayta rasmiylaştiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Imkoni bor joyda yuklar Boeing-747 samolyotlariga ötkaziladi.   

Kompaniya An-124 transport samolyotlarining dunyodagi eng yirik foydalanuvçisi hisoblanadi. Avariyagaça kompaniya parkida uşbu samolyotdan 12 dona bölgan.

Vekşin kompaniyaning sobiq hamkori, endilikda esa raqobatçisiga aylangan Ukrainaning “Avialinii Antonova” kompaniyasiga boşqa buyurtmaçilarga kömak körsatişi mumkinligini, biroq vujudga kelgan vaziyatda u ham “Volga-Dnepr” kabi yöl tutişi maqsadga muvofiq bölişini aytgan. 

“Uşbu vaziyatda “Avialinii Antonova” ham bizdan örnak olişi kerak, biroq bu ularning şaxsiy işi”, deb aytgan kompaniya vakili.  

Samolyotlarning parvozlari qaçon tiklanişi böyiça ma'lumotlar keltirilmagan.

13 noyabrda Novosibirskda An-124 samolyoti Tolmaçevo aeroportiga favqulodda qönişni amalga oşirgan. Samolyot qöniş vaqtida uçiş-qöniş yölagidan taşqariga çiqib ketgan va jiddiy zararlangan. Keyinroq samolyotning dvigatellaridan biri parvoz vaqtida işlamay qolgani ma'lum bölgan. 

An-124 Sobiq ittifoq tomonidan işlab çiqilgan uzoq masofalarga möljallangan transport samolyoti bölib, An-225 “Mriya” modelidan keyin dunyoda ikkinçi raqamli eng oğir yuk kötaruvçi samolyot hisoblanadi.