Tungi osmonni kesib ötayotgan katta “olovli” şarning köplab videolari ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan. Bundan taşqari, samo jismining tuşişi NHK telekanalining Mie, Aiti va boşqa prefekturalarda örnatilgan kameralarida muhrlangan.
Videolarda bolid öz ortidan dumsimon iz qoldirib Yer tomon yönalayotgani, söngra tungi osmonda yorqin çaqnoq bölib portlagani aks etgan.
流れ星の中でも特に明るく輝く火球が、29日午前1時半すぎに、西日本の広い範囲で、観測されました。https://t.co/QCOgTZy7qp pic.twitter.com/RKTx7zYwkN
— NHKニュース (@nhk_news) November 28, 2020
Xego prefekturasidagi Akasi planetariysi direktori Takesi Inouening Kyodo axborot agentligiga xabar berişiça, osmonda kamdan-kam holatlarda Zuhro sayyorasidan yorqinroq bolidlarni köriş mumkin.
“Fikrimizça, uşbu bolidni sönişidan oldingi oxirgi çaqnaşi yorqinligi böyiça tölin oyga qiyoslaş mumkin”, deb aytgan Inoue.
Yaponiyalik mutaxassislarning ta'kidlaşiça, mavjud videolar tahlili asosida bolidning uçiş trayektoriyasini aniqlaş mumkin. Şundan keyin uning kelib çiqişini örnatiş mumkin böladi.
Ğarbiy prefekturalar aholisining ta'kidlaşiça, samo jismi qulaşi kuçli şovqin bilan keçgan.
Yaponiya milliy astronomik observatoriyasida ma'lum qilinişiça, har oy bunday bir neçta “olovli” şar kuzatiladi, biroq ularning qulayotganida kamdan kam holatlarda şovqin eşitiladi.
Iyulda ham Tokio ustida şunday yorqin jism kuzatilgan. Keyinroq u meteor ekani örganilgan.












