Donald Trampning prezidentlikdan ketişi oldidan Xitoyning China National Offshore Oil Corp (CNOOC) neft burğulaş kompaniyasiga nisbatan AQŞ sanksiyalari kiritiladi. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib Reuters xabar berdi.
Çeklov çoralari kiritilişiga Janubiy Xitoy dengizida olib borilayotgan burğulaş işlari sabab böladi, deb taxmin qilmoqda Syamin universiteti huzuridagi XXR energetika siyosati tadqiqotlari instituti dekani Lin Bosen.
CNOOC uçun sanksiyalar jiddiy zarba böladi. Kompaniyaning ExxonMobil bilan umumiy loyihalari bor, u AQŞ qurilmalaridan foydalanadi. Xorijiy investorlar kapitalning 16,5 foiziga ega bölib, kompaniya taşqaridan moliyalaştiriş manbalarini topişiga töğri keladi.
Şuningdek, sanksiyalar röyxatiga China Construction Technology Co Ltd, China International Engineering Consulting Corp va Semiconductor Manufacturing International Corp (SMIC) kompaniyalari ham kiritiladi. Oxirgi kompaniya mikrosxemalar işlab çiqaruvçi yirik kompaniya hisoblanadi.
Xitoy taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xua Çunin AQŞ yangi savdo tösiqlari joriy etmasligiga umid bildirdi.












