3 dekabr kuni Xalq ta'limi vazirligida tizimdagi korrupsiya holatlari masalasida Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Tadbirda maktab olimpiadalarini şaffoflaştiriş haqida ham söz bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Olimpiada – iqtidorlarni saralaydigan mexanizm, keyin biz ana şu saralangan öquvçilar bilan işlaymiz. Bolalar majburan olib borilmasligi lozim. Yangi tizimimizda har bitta maktab olimpiadada albatta qatnaşib, öz obrösini kötarişga harakat qilişi masalasi bölmasligi kerak», – dedi vazirning birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev.
Uning sözlariga köra, tuman olimpiadalarining ayrim natijalari tanlanma şaklda tahlil qilingan. Tahlil natijalariga köra, olimpiadada berilgan topşiriqlarni yaxşi bajargan, lekin balli sun'iy pasaytirib qöyilgan bolalarga, ular yuqori örinlarni olmagan bölsa ham, keyingi bosqiçda qatnaşiş huquqi beriladi.
Şu bilan birga, balli sun'iy oşirilgan öquvçilarning olgan örni saqlab qolinadi, ularning ism-familiyalari oşkor etilmaydi va ular ham keyingi bosqiçda qatnaşadi. Çunki bu işlarda bolaning aybi bölmasligi mumkin, deya izohladi Usmon Şarifxöjayev.

«Lekin aynan tuman olimpiadasida ataylabdan yomon işga yaxşi ball qöygan öqituvçilar haqida alohida ma'lumot beramiz, isboti bilan e'lon qilamiz», – dedi vazir örinbosari.
Şarifxöjayevning qöşimça qilişiça, oldinlari respublika olimpiadasi ğolibi töğridan töğri öqişga kirardi. Hozir esa bu imtiyoz yöq. Faqatgina xalqaro olimpiada ğolibi moliyaviy rağbat oladi va OTMga imtihonsiz qabul qilinadi.
Ma'lumot uçun, ayni paytda Özbekistonda maktab direktorlari faoliyatiga olimpiadalarda ularning öquvçilari olgan örinlarga qarab emas, asosan bitiruvçilarning OTMga kiriş körsatkiçiga qarab baho berilmoqda.
Şu bilan birga, maktab rahbariyatidan öquvçilarni maktab davridayoq biror kasbga örgatiş talabi qöyilmoqda.
















