Prezident matbuot xizmati xabariga köra, uşbu majmua Özbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega böladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar işlab çiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan çetdan olib kelingan.
Zavodda import örnini bosuvçi tovarlar işlab çiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylaştiriş darajasi sezilarli oşadi. Şuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinişi rejalaştirilgan. Majmuada 700ga yaqin kişi iş bilan ta'minlanadi. Turdoş tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi iş örni yaratiladi.
Mazkur zavodni barpo etiş 2017 yil fevralda boşlangan edi. Quriliş işlariga 420 million dollar sarflangan.
Prezident majmua oçiliş marosimida iştirok etişi, işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişişi közda tutilgan.












