«Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Sönggi tört yilda 28 ta ilmiy taşkilot va 4 ta innovatsion texnopark taşkil etildi. Davlatimiz rahbari akademik va tadqiqotçilar bilan bir neça bor uçraşib, ular kötargan barça masalalarni hal qilib berdi. Olimlarning iş haqi 3 baravar oşirildi. Ilmiy taşkilotlarning moddiy-texnik bazasini yangilaş uçun katta mablağlar yönaltirildi.
Bir söz bilan aytganda, soha uçun ham moddiy, ham taşkiliy jihatdan barça şaroit yaratilmoqda. Lekin, yiğilişda ta'kidlanganidek, 100dan ziyod ilmiy taşkilotlar faoliyatida, ular tomonidan olib borilayotgan izlanişlarda hali sezilarli özgariş bölgani yöq. Masalan, 24 ta muassasa ötgan yili xalqaro tan olingan jurnallarda birorta ham ilmiy maqola çop etmagan. Innovatsiya vazirligi ilmdan işlab çiqarişgaça bölgan jarayonlarni özaro boğlovçi yaxlit tizim va muhitni yölga qöya olmayapti.
Misol uçun, innovatsion işlanmalar uçun budjetdan 100 milliard söm ajratilayotgan bölsa-da, tanlov natijasi böyiça bor-yöği 29 milliard sömlik 51 ta loyiha şakllantirildi, xolos. Fanlar akademiyasi tizimidagi 33 ta ilmiy institut tomonidan ötgan yili atigi 59 ta patent olingan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar darajasi öta past, ilm va innovatsiya masalalari böyiça mas'ul prorektorlar umuman işlamayotgani qayd etildi.
«Oliygoh, ilmiy taşkilotlar, tarmoq va hududlar örtasidagi muloqot qanday? Bugun kun tartibida mana şu savol turibdi. Afsuski, muloqot talab darajasida emas», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Videoselektor yiğilişida ilm-fan bilan işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni ta'minlaş, ilmiy institutlarga buyurtmalarni şakllantiriş böyiça dolzarb yönalişlar körsatib ötildi.
Xususan, qişloq xöjaligida hosildorlikni oşiriş, hududlarni ixtisoslaştiriş, yuqori qiymatli mahsulotlarni köpaytirişga xizmat qiladigan işlanmalar zarurligi ta'kidlandi. Çunki hududlar iqlimiga mos ekin navlarini yaratiş, sifatli uruğlik tayyorlaş işlari mutlaqo qoniqarsiz ahvoldaligi qayd etildi. Oxirgi ikki yilda 108 million dollarlik köçat va uruğlar import qilingan. Bu yil birgina kartoşka uruğining importi ötgan yilgiga nisbatan 2 baravar oşgan.
Hududlarda xususiy uruğçilik korxonalari taşkil etiş, çet eldan bozorbop navlarni olib kelib, mahalliy şaroitlarga moslaştirgan holda, uruğ brendlari yaratiş zarurligi ta'kidlandi. Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Innovatsion rivojlaniş vazirligiga ekinlarning yangi avlod gibrid uruğlarini yetiştiriş va uruğşunoslik laboratoriyalari taşkil etiş vazifasi qöyildi.
Suv xöjaligi sohasidagi muammolarni ham ilmiy yeçimlar orqali hal qiliş mumkin. Xususan, suğorişda suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş kengayib bormoqda. Lekin bunda öğitlarni töğri eritiş, suğoriş vaqtini aniqlaş, muddatida texnik xizmat körsatiş böyiça tizim taşkil etilmagan. Yomğirlatib suğoriş böyiça ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etiş ham oqsamoqda.
Şu bois Namangan, Samarqand, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida suv tejovçi texnologiyalarga xizmat körsatadigan qöşma korxonalar taşkil etiş böyiça topşiriq berildi.
Xorijiy moliya taşkilotlari mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan irrigatsiya obektlarini loyihalaştiriş işlariga çet ellik mutaxassislar bilan birga mahalliy olimlarni ham jalb qiliş muhimligi aytildi. Misol uçun, Qoraqalpoğistonda suv resurslarini boşqariş böyiça 215 million dollarlik loyihaning 8 millioni ilmiy izlanişlarga yönaltirilgan.
Xorazmda taşkil etilgan Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi orqali viloyatdagi irrigatsiya inşootlarini qayta loyihalaştiriş, suv resurslarini töğri rejalaştiriş lozimligi qayd etildi.
Ilm-fan natijalari kimyo sanoati va neft-gaz tarmoqlari uçun ham juda zarur. Mamlakatimiz köp miqdorda kimyoviy reagentlar, polimerlar va boşqa mahsulotlarni import qilayotgani bu boradagi ahvolni yaqqol körsatadi.
Şu munosabat bilan, xorijiy tajriba asosida neft va tabiiy gazni çuqur qayta işlab, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaydigan markaz taşkil etiş vazifasi qöyildi. Kimyo sanoatiga zarur reagentlar uçun ilmiy institutlarga buyurtmalar beriş va ularni işlab çiqarişga grant ajratiş muhimligi ta'kidlandi.
Yana bir masala – bugungi kunda Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida 3 milliard tonnaga yaqin texnogen çiqindilar yiğilib qolgan. Yiliga ularning 20 million tonnasi qayta işlansa, 2 tonna oltin, 8 tonna kumuş, 10 ming tonna mis hamda volfram, molibden kabi nodir metallar oliş mumkin. Mutasaddilarga şu borada aniq körsatmalar berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev energetika tarmoğidagi muammolarga alohida e'tibor qaratdi.
Bu sohada 3 ta oliygoh, 2 ta ilmiy taşkilot, önlab olimlar bölsa-da, muammolarni hal qilişda örni sezilmayapti. Yirik korxonalarda yoqilği-energetika resurslari iste'molini tahlil qiladigan ilmiy tadqiqotlar yöq.
Misol uçun, bir yilda 100 million kilovatt soat elektr işlatadigan Toşkent truba zavodi örganilganda, jarayonlarni optimallaştiriş hisobiga 20 million kilovatt soat energiyani iqtisod qiliş mumkinligi aniqlangan. Buning hisobidan qançadan qança xonadonlarga yoruğlik yetkaziş mumkin.
Şu maqsadda «Issiqlik elektr stansiyalari», «Navoiyazot», «Farğonaazot», «Qizilqumsement», «Bekobodsement», «Quvasoysement» kabi yirik korxonalarda ilmiy taşkilotlar bilan birga elektr energiyasi sarfini optimallaştiriş böyiça vazifa qöyildi.
Şuningdek, har yili gaz transport tizimi va yirik sanoat korxonalaridan çiqayotgan ikkilamçi gazlar 730 megavatt elektr energiya salohiyatiga ega bölib, bu imkoniyatdan umuman foydalanmay kelinmoqda. Şunday ekan, ilmiy taşkilotlar bilan hamkorlikda Muborak, Şörtan va Gazli konlarida yöldoş gazlardan elektr energiyasi oliş böyiça loyihalar işlab çiqiş zarurligi qayd etildi.
Farmatsevtika sanoati import substansiyalariga boğlanib qolgan. Aslida, mamlakatimizda ularni işlab çiqariş uçun ilmiy salohiyat mavjud. Misol uçun, Ösimlik moddalari kimyosi instituti ötgan ikki yilda Rossiya, AQŞ va Fransiyaga 4 million dollarlik substansiya eksport qilgan. Mazkur institutda dorivor ösimliklar tarkibini örganiş va standartlaştiriş böyiça maxsus laboratoriya hamda klinikagaça tadqiqotlar markazi taşkil etiş, olimlarga grantlar ajratiş çoralari belgilandi.
«Bir narsani bilişimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qöygan maqsadlarga heç qaçon erişa olmaymiz. Hisobot uçun emas, natija uçun işlaş kerak», deya ta'kidladi prezident.

Xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jigar, buyrak, ilik transplantatsiyasini, Respublika kardiologiya markazida yurak bilan boğliq innovatsion amaliyotlarni yölga qöyiş zarurligi ta'kidlandi.
Ilm-fanni işlab çiqariş bilan boğlaş uçun texnoparklar imkoniyatidan keng foydalaniş lozimligi aytilib, bu borada oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Innovatsion rivojlaniş vazirligiga tegişli körsatmalar berildi.
Yiğilişda ilm-fan va oliy ta'lim muassasalari, tarmoq va hudud rahbarlari kelgusi yili qaysi yönalişlarda ilmiy loyihalarni amalga oşirişi va qanday natijalarga erişişi yuzasidan axborot berdi.















