«Amerika orzusi» paydo bölgunça dunyoda «britança turmuş tarzi» trendda edi. Çoy içiş, jamoaviy sport turlari, muloqot etikasi, kiyiniş uslubi – bular Britaniyaning dunyoga qilgan muvaffaqiyatli eksportlaridir. Keyin esa hammasi özgardi. Makdonalds, rok-n-roll va jinsi paydo böldi. Endi dunyo çoy emas, koka-kola iça boşladi...»
Foto: DreamstimeFoto: Dreamstime
1776 yildan beri dunyo qança uruşlarni kördi, yangi imperiyalar qad kötardi va quladi, davlatlar yuksaldi, inqirozga uçradi, yana hammasini qayta boşlaşiga töğri keldi. Ammo şunça vaqtdan beri bir narsa özgarmaydi: AQŞ. U uruş-u inqirozlardan keyin ham qudratli va maftunkor.
Ammo bu özgarmaslik qonuniyati qaçongaça amal qiladi? AQŞ nima uçun har tomonlama superderjavaga aylangan? «Amerika orzusi» nega bunçalik ommalaşib ketdi? Xalqaro munosabatlar böyiça ekspert, siyosiy tahlilçi Farid Rafiq Zakariya özining «Postamerika dunyosi» (The PostAmerican World) kitobida AQŞning buguni va ertasi bilan boğliq bir qator savollarga javob izlaydi.
AQŞ qanday qilib xalqaro siyosat maydonida regulyatorga aylanib qoldi va bundan keyin ham hozirgi maqomini saqlab qoladimi, boşqa davlatlar qanday qilib AQŞdan özib ketmoqda – muallifning bu böyiça tahlil va prognozlari ham kitobda bayon etilgan.
Şarq nega Ğarbdan ortda qoldi?
Zakariya dunyo sahnasida AQŞ kabi qudratli davlatning paydo bölişini boşqa mamlakatlarning rivojlaniş yölidagi xatoliklar va ulardan çiqarilgan xulosalar bilan boğlaydi. Axir 16-asrlarga qadar sivilizatsiyaning barça yönalişlarida Şarq peşqadam edi. Keyinçalik Ğarbiy Yevropa Renessans va Reformatsiyaga yuz tutdi va rivojlanişda özib ketdi. 18-asrga kelib esa Atlantikaning narigi sohilida Şarq va Ğarbning şu nuqtaga qadar qilgan xatoliklardan çiqarilgan töğri xulosalar asosida Amerika bunyod böldi.
Xitoy, Hindiston, Yaqin Şarq davlatlari ğarb tamaddunidan ança avvalroq gullab-yaşnaşni boşlagan. Gap şundaki, aksariyat Şarq davlatlarida davlat boşqaruvi tiraniya, markazlaşuv, xalqni soliqlar bilan qiynaşga asoslangan edi. Hukmdorlar özlariga haşamatli saroylar qurib oliş bilan band bölişgan, infratuzilmani yaxşilaş, savdo va fanni rivojlantiriş haqida boş qotirişmagan. Odamlar şaxsiy boyişdan manfaatdor emasdi, çunki davlat baribir uning pulini tortib olardi.
Şarq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati sust rivojlangan, köp jihatdan davlatga boğliq bölib qolgan. Misol uçun, Hindistonda savdogarlar kasta iyerarxiyasining quyi böğiniga mansub bölgan, saroyning injiqliklari bilan hisoblaşib iş körişga majbur bölgan. Xitoyda esa savdogarlar imperator saroyiga manzur keliş uçungina istalgan daqiqada savdoni yiğiştirib qöyib, konfutsiylikni örganişga berilib ketişi mumkin edi. (AQŞ esa tadbirkorlar rivojlanişning asosiy riçagi ekanligini ança erta tuşunib yetdi).
Yevropada esa qirol hokimiyati bu darajada markazlaşgan va qudratli emasdi. Birinçidan, qirollar har doim çerkovlar bilan raqobatlaşişga majbur bölgan. Ikkinçidan, yerga egalik şakli aniq belgilab qöyilgan va bu qirolning hokimiyatini çeklab qöyar edi. 1215 yildayoq qabul qilingan Erkinliklar xartiyasi ğarb dunyosining huquq haqidagi eng birinçi hujjati böldi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, Yevropa mintaqasidagi toğlar va vodiylar davlat va şaharlar örtasida tabiiy çegaralarni hosil qilgan edi. 16-asrda Yevropada 500ta davlat, mustaqil şahar va graflik bölgan. Har bir hududda öziga xos bölgan siyosiy şakllar orasidagi rang-baranglik siyosatçilar va siyosiy ta'limotlar örtasida soğlom raqobatni paydo qildi. Natijada bir davlatda öz yölini topa olmagan odam boşqa davlatga bemalol ötib, farovon hayot qurişi mumkin edi. Şunday raqobat muhitida Yevropa boylik, uruş san'ati, fan taraqqiyoti masalalarida ilgarilab ketdi.
Ayni şu davrda esa Rossiya va Xitoyda ulkan markazlaşgan imperiyalar, 100 yillar davomida örnini boşqalarga böşatmagan sulolalar hukmronlik qilardi.
Iqtisodiy va harbiy sohadagi taraqqiyot yevropaliklarni mustamlaka harakatlarini olib borişga ilhomlantirdi. Ular Osiyo, Afrika va Amerika qit'alariga qarab yöl olişdi. 20-asr avvalida yevropaliklar yer yuzining 85 foiziga egalik qilişardi.
Mustamlakaga aylangan davlat rahbarlari, tabiiyki, ğarbning siyosiy va iqtisodiy nazoratidan çiqib ketişga harakat qilgan. Pyotr Birinçidan boşlab Kamol Otaturkkaça, Javoharlal Nerudan tortib Kamol Abul Nosirgaça barçasi bir narsani yaxşi tuşungan – iqtisodiy qoloqlikdan ğarb hokimiyat institutlari, iş yuritiş usullari, harbiy tuzilmalaridan namuna oliş orqaligina çiqib ketiş mumkin. Va çiqib ketişdi ham.
Amerikasiz dunyo. U qanday edi?
Amerika qit'asi kaşf qilinib, mustamlakaga aylantirilguniga qadar, bu hududlarda Qöşma Ştatlar paydo bölgungaça dunyo qiyofasi qanday edi?
Insoniyat tarixida madaniy qadriyatlarni eksport qiliş böyiça eng zör rekordçi sifatida Buyuk Britaniyani körsatiş mumkin. Britan imperiyasi butun dunyoga ingliz tilini yoydi, bank tizimi, inson huquqlari, jamoaviy sport turlari, boşqaruv şakli, parlament tizimi, şaxs erkinligi tuşunçasini ommalaştirdi.
Dunyoda «amerika orzusi» fenomeni paydo bölişidan avval hammani ilhomlantiradigan va nusxa oladigan «britança hayot tarzi» mavjud edi. Keyinçalik esa... Makdonalds, rok-n-roll, jinsi paydo böldi. Bular Amerikaning butun dunyoga qilgan muvaffaqiyatli eksportlari. Çunki AQŞ Yevropadan farqli ravişda konservativ qaraşlarning etagini tutib olmadi, u barça yangiliklarga, eksperimentlarga oçiq edi. Va bu eskperimentlarning aksari ijobiy samara berdi.
Amerika iqtisodiyotining kuçli tomonlari
AQŞ jahon yalpi içki mahsulotidagi uluşi yuqoriligi körsatkiçini 20-asr boşidan beri stabil holatda saqlab kelmoqda. AQŞ iqtisodiyoti mudofaa masalalariga xarajatlarni kötara olyapti. Mamlakat harbiy sohadagi tadqiqotlar uçun boşqa barça mamlakatlar sarflaydigan xarajatlarni qöşib hisoblaganda ham köproq mablağ ajratadi.
AQŞda yirik korporatsiyalar va universitetlar örtasida aloqa juda yaxşi yölga qöyilgani sababli mamlakat nanotexnologiya, biotexnologiya va boşqa innovatsiyalar borasida yetakçilikni saqlab qolmoqda. Ilmiy tadqiqotlar va işlanmalarning amaliyotga joriy qilinişi böyiça ham AQŞga heç kim bas kela olmadi. Amerika oliy ta'lim muassasalari sifat körsatkiçida peşqadam, ular xalqaro talabalarning 30 foizini öziga jalb qiladi. Xitoy va Hindistonda ham OTMlar köplab oçilayotgan bölsa-da, ular sifat böyiça quyi örinlarda qolmoqda.
AQŞ iqtisodiyotining yana bir yutuği – immigrantlarning töxtovsiz oqimidir. Pul topiş ilinjida har qanday mehnatni qilişga tayyor immigrantlar iqtisodiyotni töxtovsiz aylantirib turadi. Misol uçun, Kremniy vodiysida oçiladigan firmalarning naq yarmi immigrantlar hisobiga töğri keladi.
Qöşma Ştatlar iqtisodiyotidagi zaifliklar
Ammo mamlakat iqtisodiyotining zaif tomonlari ham bor. Jamğarmalar hajmi qisqarmoqda, xorijiy özlaştirmalar miqdori oşgan, aholi qatlamlari orasidagi mulkiy tengsizlik kuçaymoqda. Amerikaliklarning 63 foizi mamlakatdan örta qatlam tobora yöqolib bormoqda, deb hisoblaydi.
Sobiq uçinçi dunyo davlatlari iqtisodiy jihatdan şiddat bilan ösayotgan bir vaqtda bunday muammolar AQŞga oğirlik qiladi. Misol uçun, Nyu-York fond birjasi aksiyalarning eng yirik aylanmasi keçadigan maydon bölmay qolgan. Bu masalada Yevropa fond birjalari AQŞni ortda qoldirmoqda.
Sanoat mamlakatlari orasida AQŞ daromad soliğining eng past körsatkiçiga ega bölgan, ammo hozir u daromad körsatkiçi yuqoriligi böyiça dunyoda ikkinçi örinda. Muammo şundaki, AQŞ soliqni kötarmadi, balki boşqa davlatlar soliqni tuşirdi. 30 yil avval AQŞning bozorni nazorat qiliş instrumentlari juda egiluvçan hisoblangan bölsa, hozir Şarqiy Yevropa bu borada özib ketyapti.
Köp qutbli dunyo
Avvalgi uçinçi dunyo davlatlari inson huquqlarini ta'minlaşga erişiş, gender tenglikni örnatiş harakati bilan sotsial transformatsiyani boşdan ötkazmoqda. Ularda ham jamiyatning qiyofasi tobora Yevropaga va Şimoliy Amerikaga öxşab bormoqda.
Zakariya dunyoda postamerika davrining boşlanişini aynan şu bilan boğlaydi: ötgan asrning 90-yillarigaça qadar dunyo ikki qutbga ajralgan edi – AQŞ yetakçiligidagi kapitalistik dunyo va SSSR rahnamoligidagi kommunistik dunyo. Va bu ikki qutb örtasida ayovsiz raqobat bor edi. 90-yillarda kommunizm ğoyasi özini oqlamay, sovet imperiyasi qulagaç, AQŞ siyosiy arenada özini yakkahokimdek tuta boşladi. Munosib raqobatçining yöqligi Vaşingtonning öziga özi mahliyo bölib yurişiga olib keldi. Bu orada esa boşqa mamlakatlar taraqqiyot borasida ança-munça narsaga erişib qöydi. Endi dunyo bir qutbli emas, balki köp qutbli. Unda AQŞ, Yevropa bilan bir qatorda Xitoy, Yaponiya, Hindiston va boşqalar ham bor.
Postamerika davri AQŞning rivojlaniş çiziğidan pastga tuşişi emas, balki çiziqdan yuqoriga kötariladiganlarning son jihatidan ortişiga va bu köpçilik orasida AQŞning ovozi ilgarigidek baland eşitilmay qolişi bilan izohlanadi.
Rivojlaniş tangasining ikkinçi tomoni
Zakariya AQŞ va Yevropa davlatlaridan boşqa mamlakatlarning jadal ösiş sur'atlariga ijobiy qarar ekan, global taraqqiyotning boşqa tomoniga ham e'tibor qaratadi.
Şiddatli iqtisodiy ösişning salbiy oqibatlaridan biri – tabiiy resurslardan nooqilona foydalaniş, atrof-muhitga zarar yetkazişdir. Içimlik suvi, toza havo, qişloq xöjaligi mahsulotlari – bularning zaxirasi tugab borişi mumkin. 20-asrda dunyo aholisi 3 baravarga, ammo u sarflaydigan suv hajmi 6 baravarga oşdi.
Amerikaliklar bir kunda örtaça 400 litr suv sarflaşadi. Qaşşoq davlatlarda esa kun davomida 40 litr suv topiş ham katta muvaffaqiyat. Ammo örtamiyona davlatlar qançalik boyiy boşlasa, ular şunçalik köp suv iste'mol qila boşlaydi. Afrika va Yaqin Şarqda suv resurslariga egalik uçun ziddiyatlar allaqaçon kuzatilmoqda. Suv manbalari tugagaç, millionlab odamlar öz yaşaş joylarini özgartirişga majbur bölişadi.
Şuningdek, elektrga bölgan talab ham ortib bormoqda. Avtomobil va samolyotlar soni oşgan. Transportlar sonining oşib borişi yoqilğiga bölgan talabni oşiradi. Elektrostransiyalar qurişga bölga ehtiyojni paydo qiladi. Natijada 1997 yilda Kiotoda qabul qilingan protokol – issiqxona gazlarini kamaytiriş majburiyatni belgilovçi hujjatning ahamiyati puçga çiqişi mumkin…
AQŞga tavsiyalar
Farid Zakariya öz kuzatuvlaridan kelib çiqqan holda, yangi derjavalarning paydo bölişi hisobiga AQŞ yaqin yillarda dunyo siyosiy arenasidagi hozirgi rolini yöqotib qöyişi mumkinligini başorat qiladi.
Ştatlar öz örnini boy bermasligi uçun mamlakat öz taşqi siyosatini quyidagi vektorlar asosida özgartirişi kerakligini ta'kidlaydi.
Öz xohişlarini töğri belgilaş. Vaşington öz qudratiga şunçalar bino qöyib yuborganki, gohida nimani istayotganini özi ham bilmay qoladi. Misol uçun, u Rossiya bilan munosabatlardan aynan nimani istaşini töliq tuşunib yetmaydi. U boşqa mamlakatlar bilan aloqalardan qanday natija kutişini aniq belgilab olişi lozim.
Harbiy kuçga tayanişni qisqartiriş. Terrorizm bilan kuraş uçun turli harbiy metodlarni işlab çiqişga AQŞ 1 trln dollar sarfladi. Ammo bir neça baravar samarali bölişi mumkin bölgan fuqarolik diplomatiyasini rivojlantirişga atigi 10 mlrd dollar ajratilgan.
Ikkiyuzlamaçilikni töxtatiş. AQŞ öz manfaatlari yuzasidan ikkiyuzlamaçilik qilişni bas qilişi kerak. Nega u Saudiya Arabistoni yoki Tayvanda demokratiya tölqinlarining bostirilişiga befarq böldi-yu, lekin Şimoliy Koreyaning Birmaga ta'sir körsatişini qöllab-quvvatlagan Xitoy va Hindistonni tanqid qiladi? Agar unga demokratiya muhim bölsa, buni barça joyda birdek namoyon qilsin.
Dunyodagi har qanday konfliktga aralaşavermaslik. Konflikt hidi çiqqan har qanday joyga yugurib borişdan AQŞ tiyilişi kerak. Misol uçun, Yaqin Şarqda şialar va sunniylar örtasidagi kelişmovçilikni hal qilişga katta resurslarni sarflaşdan unga nima naf? Agar manfaat faqatgina özidan qahramon yasaş bölsa, bu unga juda qimmatga tuşyapti.
Milliy manfaatlarni peş qiliş emas, xalqaro normalarga köra iş tutiş. Agar AQŞ dunyoda stabil tinçlik bölişi tarafdori bölsa, heç qanday istisnosiz umum qabul qilingan normalar asosida taşqi siyosatini yuritişi, milliy manfaatlaridan kelib çiqqan holda özboşimçalik qilmasligi kerak. Hozir qilayotganidek tartibni öziga böysundirişi emas, özi tartibga böysunişi lozim.
Qörqişni bas qiliş. Amerika jamiyati terrorizm, musulmonlar, immigrantlar, xorijiy kompaniyalar va erkin savdodan surunkali fobiya sindromiga çalingan. Dunyodagi eng kuçli millat özini göyo duşmanlar qurşovida qolib ketgandek tutadi. Natijada duşmanlarni yançib taşlaş, ularni dunyo xaritasidan öçirib taşlaş kabi agressiyani namoyiş eta boşlaşadi. Bu agressiya AQŞning xalqaro arenadagi obraziga salbiy böyoq çaplaydi. AQŞ barça siyosiy şakllar va madaniyatlarga toqatlilikni namoyiş eta olişi muhim.