2025 yilning 1 aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Şohruh Ğulomov Germaniyaning ta’lim va migratsiya sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uçraşdi.
Delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, şuningdek, GP Günter Papenburg AG ta’sisçi kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirdi.

Uçraşuvda bir qator istiqbolli yönalişlar böyiça hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, Özbekiston yoşlarini ilğor texnologiyalarga örgatiş va keyinçalik ularni Germaniya korxonalariga işga joylaştirişni nazarda tutuvçi qöşma loyihalarni amalga oşiriş körib çiqildi.
Germaniyalik mutaxassislarga Özbekistonda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun imtiyozlar beriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, Özbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinişi va Özbekiston oliy öquv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritilişi muhokama qilindi.












