Kriviy Rihda 2 aprel, çorşanba kuni Rossiyaning raketa zarbasi natijasida kamida tört kişi halok böldi, yana kamida 14 nafar fuqaro jarohatlandi, deb xabar berdi Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak.
Dastlab 3 kişi — 29 yoşli ayol va 35 va 41 yoşli erkaklar yaralangani xabar qilingan. Ularning barçasi örtaça oğirlikda kasalxonaga yotqizilgan. Keyinçalik yaradorlar soni kamida 14 kişiga kötarilib, raqam qayta körib çiqildi. Jabrlanganlar orasida 8 yoşli bola ham bor.
Kriviy Rih mudofaa kengaşi rahbari Oleksandr Vilkulga köra, zarba fuqarolik infratuzilmasi obektiga ballistik raketa bilan berilgan. Aynan qaysi obekt haqida gap ketayotgani aniq aytilmagan. Bir qança köp qavatli turar joy binolari ham zarar körgan.
Kriviy Rih — Ukrainaning yirik sanoat markazi. Bu yerda bir qança toğ-kon, qayta işlaş va metallurgiya korxonalari joylaşgan.
Bir kun oldin Rossiya qöşinlari Xarkivga uçuvçisiz uçoqlar bilan hujum qildi. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga köra, dron köp qavatli turar joy binosiga borib urilgan. Oqibatda beş kişi, jumladan, ön yoşli bola jarohatlangan.













