Turkiyaning Istanbul şahrida qölga olingan Rossiyaning NTV telekanali jurnalistlari josuslikda ayblanmoqda. Bu haqda telekanal öz manbasiga tayanib xabar berdi.

“Tsentralnoye televideniye” körsatuvining boşlovçisi va operatori Aleksey Petruşko hamda Ivan Malişkin 3 dekabrdan boşlab aloqaga çiqmay qöygan. Keyinroq ular dron işlab çiqaruvçi zavod yonida suratga olişga uringan vaqtda qölga olingani ma'lum bölgan. Istanbul meriyasining bildirişiça, jurnalistlar  ruxsatnoma olmasdan suratga olişga urinişgani uçun uşlangan.

7 dekabr kuni ular sudga olib kelindi, deb xabar bermoqda NTV.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, rossiyalik diplomatlar jurnalistlar taqdiri bilan şuğullanmoqda.