Kontr-admiral Fadavining sözlariga köra, quroldan 13 marta öq uzilgan. Öqlar zirhlangan maşinadagi Faxrizodaga tekkan, ammo yonidagi rafiqasi şikastlanmagan. Pulemyot yöldan içkariroqda turgan «Nissan» avtomobiliga örnatilgan bölgan.

«Yuqori texnologiyali kameralar yordamida pulemyot Faxrizodaning yuziga töğrilangan, bunda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan», deya eronlik harbiy amaldorning sözlarini keltirgan «Mehr» agentligi. Fadavining qöşimça qilişiça, öz tanasi bilan Faxrizodani tösgan tansoqçiga törtta öq tekkan.

Uning sözlariga köra, Faxrizodaga qilingan hujumda odamlar iştirok etmagan, avtomatik qurol sun'iy yöldoş orqali onlayn boşqarilgan. Erondagi «Fars» agentligi xabariga köra, Faxrizoda öldirilgaç, pulemyot örnatilgan avtomobil özini özi portlatib yuborgan.

Avval ham yuqori texnologiyali qurol qöllangani haqidagi versiya aytilgandi, ammo bu safar bu talqin rasmiy şaxs tilidan ilk marta yangramoqda. Mustaqil manbalar hozirça bu versiyani tasdiqlamadi.

Faxrizodaning ölimi haqidagi xabarlar ortidan, Ğarb davlatlari razvedka xizmatlari Eron hukumati olimning öldirilişida Isroilni ayblayotgani töğrisida ma'lumot tarqatdi. Isroil hukumati bu hodisaga aloqadorligini tan olmadi, şu bilan birga ayblovni rad etmadi.

Tahlilçilarning qayd etişiça, yadroşunos fizikning ölimi Eron va olti yirik davlat - AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya va Germaniya örtasidagi 2015 yilgi yadroviy kelişuv (AQŞ sanksiyalari yumşatilişi evaziga Eron yadroviy dasturini çeklaş böyiça) tiklanişiga xalal berişi mumkin. AQŞning hozirgi prezidenti Donald Tramp mamlakatni uşbu kelişuvdan olib çiqqandi, yangi saylangan prezident Jo Bayden esa kelişuvni tiklaş niyatini bildirgan.

Eronlik fizik qanday halok böldi?
Qotillik 27 noyabr kuni ertalab, Faxrizoda rafiqasi bilan birga Eron şimolidagi Mazandaron viloyatida joylaşgan Rostamkola şahridan çiqib, Absard aholi punktiga ketayotganida sodir etilgan. Olim zirhli avtomobilda bölgan, unga öz soqçilari xizmatining uçta maşinasi hamrohlik qilgan. Maşinalardan biri oldinga çiqib, vaziyatni tekşiriş uçun uzoqlaşib ketgan. Şu payt Faxrizodaning avtomobiliga bir neçta öq kelib tekkan, olim esa maşina nimagadir töqnaşdi yoki dvigatel bilan muammo yuzaga keldi, deb öylab, maşinadan çiqqan. Şundan keyin olimning avtomobilidan 150 metr uzoqlikdagi «Nissan» maşinasidan masofadan turib boşqarilgan avtomatik öqotar quroldan öt oçilgan.

Olimning ölimidan keyin Eron hukumati bu voqea qanday bölgani töğrisida bir-birini inkor etuvçi turli versiyalarni ilgari sura boşladi.

Qotillik kuni Eron mudofaa vazirligi konvoyga qurollangan kişilar hujum uyuştirgani va fizikning tansoqçilari ular bilan otişmaga kirişgani töğrisida xabar tarqatdi.

OAVda guvohlarga asoslangan holda hujum qilganlardan uç-tört kişi öldirilgani yozildi. «Fars» agentligi avtomobil yaqinida portlaş sodir etilgani haqida yozdi.

Versiyalar köpayaverdi, ammo rasmiy ma'lumot juda oz edi. Eron xavfsizlik böyiça milliy kengaş rahbari fizikning dafn marosimi vaqtida hujum qilganlar «alohida metodlar» va «elektron qurilmalar»dan foydalangani haqida aytdi.

Eron hukumati Faxrizodaning öldirilişiga keskin munosabat bildirdi. Eron oliy yetakçisi maslahatçisi Husayn Dehqon qotillikda aybdorlarga qat'iy javob çorasi körilişini aytdi va töliq kölamda uruş boşlaş maqsadida Eronga bosimni kuçaytirişga harakat qilişayotganini ma'lum qildi. Mamlakat taşqi işlar vaziri Javod Zarif xalqaro hamjamiyatni «davlat terror akti»ni qoralaşga çaqirdi va qotillikka Isroil aloqador bölişi mumkinligini aytdi. Keyinroq The New York Times öz manbalariga asoslangan holda, AQŞ razvedka xizmatlari ham şunday versiya tarafdori ekanligi haqida xabar berdi. Agentlik suhbatdoşlariga köra, Faxrizoda uzoq vaqt davomida Isroilning «Mossad» siyosiy razvedkasi nişonida bölib kelgan. Oq uy va MRB bu masala böyiça gazetaga izoh berişdan boş tortdi.

Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy qotillik uçun qasos olişni talab qildi. Ötgan hafta oxirida Isroil radiosi harbiylar mamlakatdagi bir qança yadroşunos fiziklarni ularning hayoti xavf ostida bölişi mumkinligidan ogohlantirgani haqida xabar berdi. OAV xabariga köra, gap Negev sahrosi içkarisida joylaşgan Dimona yadroviy tadqiqotlar markazida işlagan mutaxassislar haqida ketgan.

Isroil hukumati bu xabarlar böyiça izoh bermadi. Bir kun avval Isroil içki işlar vazirligi Yaqin Şarq va Afrika hududida bölgan fuqarolarni «Eron unsurlari» tahdidi yuzaga kelgani töğrisida ogohlantirgandi.

Tahlil
Zoui Klyaynman, BBCning texnologiyalar böyiça muxbiri

Olim bunday yuqori texnologiyali imkoniyatlar işga solingan holda öldirilgani haqidagi da'volar xavotirli va bu antiutopiyaga öxşaydi. Qayd etiş kerakki, bu ma'lumotni heç kim tekşirmagan.

Jang maydonida sun'iy intellektdan foydalaniş masalasi ançadan buyon köplab olimlarni taşvişga solib keladi. 2015 yilda marhum professor Stiven Hoking ilmiy hamjamiyatning harbiy sun'iy intellektni işlab çiqarişni taqiqlaş söralgan oçiq xatni imzolagan minglab vakillaridan biri bölgandi.

Ammo hozirgi holatda Eronning bu bayonoti şubhali körinadi.

Radioelektron kuraş böyiça tahlilçi va ekspert Tom Uitingtonning ta'kidlaşiça, Fadavi «vahimali yangraydigan terminlar»ni işlatiş orqali, bu suiqasdni texnologik jihatdan Erondan ança ustun bölgan davlatlar amalga oşirganini körsatişga urinmoqda.

Campaign to Stop Killer Robots CTSKR (qotil robotlarni taqiqlaş kampaniyasi) koalitsiyasi a'zosi, professor Noel Şarki agar sun'iy intellektli qurollardan armiyalar ham foydalana boşlasa, oqibatlari «tasavvur qilib bölmas darajada ayançli böladi» deb hisoblaydi.

«Agar odamlarni taniş va öldiriş uçun yuzni aniqlaş texnologiyasidan foydalanadigan qurilmalar paydo bölsa, global xavfsizlikda katta pasayiş böladi», degan u.

Nega aynan Faxrizoda?
Muhsin Faxrizoda mamlakat mudofaa vazirligi qoşidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar böyiça taşkilotni boşqarar edi.

Ğarb davlatlari va isroilliklar razvedkasi u Eron yadro dasturida muhim rol öynagan şaxs ekanini tasdiqlaşgan. Ularning ma'lumotlariga köra, Faxrizoda «Amad» loyihasiga - Eronda 1989 yilda yölga qöyilgan maxfiy yadro dasturiga rahbarlik qilgan.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma'lumotiga köra, uşbu loyiha 2003 yilda yopilgan, ammo 2018 yilda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Faxrizoda «Amad» loyihasini davom ettiruvçi dastur ustida işlayotganini aytgandi.

Eron yadro quroli yaratiş maqsadi yöqligini aytib keladi.

Ötgan haftaning çorşanbasida Eron parlamenti BMT inspektorlarini mamlakatdagi yadro obektlariga kiritişni taqiqlovçi qonunni qabul qildi. Şuningdek, sanksiyalar ikki oy içida yumşatilmasa, hukumat uranni 20 foizgaça boyitiş dasturini tiklaşiga ruxsat berilgan.

Yangi qonun loyihasida Eronda yiliga 120 kilogramm uranni 20 foizga boyitiş bilan uran işlab çiqariş va töplaş (20 foizdan yuqori uran qurol darajasida hisoblanadi), şuningdek, oyiga kamida 500 kilogramm kam boyitilgan uran işlab çiqariş közda tutilgan. Ayni paytda Eron uranni «yadro şartnomasi»da nazarda tutilgan 3,67 foiz örniga 4 foizdan yuqori darajada boyitmoqda. Yadro quroli işlab çiqiş uçun nisbatan köproq boyitiş talab etiladi, ammo 20 foizlik uran mavjud bölganida, bu texnologik jihatdan imkonli iş bölib qoladi.

Bundan taşqari, Arakdagi 40 MVt oğir suv reaktorini «yadro kelişuvi»dan avvalgi holatiga qaytariş ham közda tutilgan. Kelişuv Arakdagi mavjud reaktorni radioizotoplar işlab çiqariş uçun qayta loyihalaşni nazarda tutadi, şunda u qurol darajasidagi plutoniyni işlab çiqarmaydi.