Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov «Vaqf» fondi daromad va xarajatlarini şaffoflaştiriş haqidagi savolga javob qaytardi.

«Haqiqatan ham «Vaqf» fondi haqida turli gap-sözlar köpayib ketdi. Bu narsalarga çek qöyiş kerak. Ikki tomonga turib olib, bir-biriga toş otişmas, bir-birini qöllab-quvvatlaş kerak.

Fond haqidagi gap bekorga emas. Bekorga urğu bermadim. 100 yildan keyin tiklangan diniy va milliy qadriyatga aylangan uşbu yönalişimizni rivojlantirişimiz kerak. Şuning uçun ham fond tarkibida özgarişlar böldi. Hozir joylardagi fond filiallari xodimlarini ham körib çiqyapmiz. Bu – kimdir aybdor degan nuqtayi nazardan emas, balki bu davr talabi va fondning işini takomillaştiriş ehtiyoji paydo bölgani uçun.

Fondni obrösizlantiriş borasida, bilmadim… kimlarningdir qöli bordir bu borada yoki boşqaça holatmi. Şaffoflik masalasida topşiriqlar berilgan, aslida hozir ham fondning saytiga kirib körsa, u yerdagi moliyaviy harakatlarni, kunlik tuşumlarni körib boriş mumkin.

Şunday bölsa ham talabdan kelib çiqqan holda, saytni takomillaştirib qöşimça dasturlar orqali har kim özi taqdim qilgan mablağ harakatini ham kuzatib borişi imkonini beradigan dasturlar yuklanyapti. Tez kunlarda fond şaffofligi nuqtayi nazaridan yangi sifat körsatkiçiga ötiladi», – dedi Muzaffar Komilov 10 dekabr kungi matbuot anjumanida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi 2018 yilda taşkil etilgan edi. Diniy-ma'rifiy sohada kömaklaşiş, masjidlarni obodonlaştiriş, imom-xatiblar va noiblarni moddiy qöllab-quvvatlaş fondning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Noyabr oyida fondga yangi rahbar tayinlandi. Şayxontohur tumanidagi «Şayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Yahyo Abdurahmonov «Vaqf» xayriya jamoat fondi boşqaruv kengaşi raisi vazifasida iş boşladi.