Özbekiston Musulmonlar idorasi raisi örinbosari, Vaqf xayriya jamoat fondi raisi Zayniddin Eşonqulov boşçiligidagi delegatsiya Malayziyada bölib ötgan Islomiy iqtisodiyot haftaligi va Jahon vaqf forumida iştirok etdi.
Özbekiston delegatsiyasi Malayziya parlamenti senatori, Malayziya Vaqf fondi rahbariyati, Butunjahon zakot va vaqf forumi boş kotibi hamda boşqa rasmiylar bilan uçraşib, soha böyiça muzokaralar ötkazdi.
Malayziyaning “Naşrul Qurʼon” naşriyoti raisi Abdul Latif Mirasa bilan uçraşuvda hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş, turli xayriya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş maqsadida anglaşuv memorandumi imzolandi.
“Naşrul Qurʼon” naşriyoti “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali Özbekiston xalqiga 20 ming nusxadagi “Qurʼoni karim va özbek tilidagi maʼnolar tarjimasi” kitobini tuhfa qildi.
Uçraşuvlar çoğida Butunjahon vaqf forumini joriy yilning noyabr oyida Samarqand şahrida ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi. Uşbu xalqaro tadbirga musulmon mamlakatlaridan 300 ga yaqin hukumat rasmiylari va ekspertlarni taklif etiş rejalaştirilmoqda.








