Xabaringiz bor, Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-öqituvçilaridan iborat tibbiy brigada Samarqand viloyatining çekka qişloqlarida çuqurlaştirilgan tibbiy körik ötkazib kelmoqda.

Navbatdagi tibbiy körik Qöşrabot tumanidagi Pangat qişloq vraçlik punkti hamda 40-umumta'lim maktabida taşkil qilindi.

Oçiğini aytiş kerak, köpçilik yilda bir-ikki marta bölsada tibbiy körikdan ötişni öziga lozim topmaydi. Kimdir tibbiyot muassasasiga borişga erinadi, yana kimdir malakali şifokorga ehtiyoj sezadi, ammo har doim ham buning imkoniyati bölavermaydi. Aksariyatimiz soğliğimizda jiddiy özgariş kuzatilmagunça, tibbiy körikka zarurat sezmaymiz. Vaholanki, kasallikni davolaşdan köra, uning oldini oliş afzal, deganda mana şunday tibbiy köriklar nazarda tutiladi. Yuqorida tilga olingan taşabbusdan közlangan maqsad ham aslida şu. Malakali, çuqur bilimga ega mutaxassis-xodimlarimiz aholi örtasida soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, tibbiy körikka e'tibor qilişning qançalik muhimligini amalda isbotlab bermoqdalar.

Xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti tibbiy brigada a'zolari – nevropatolog, okulist, terapevt, kardiolog, jarroh, akuşer-ginekolog, pediatr, bolalar ortoped-travmatologi, bolalar jarrohi va UTT mutaxassisidan taşkil topgan. Çuqurlaştirilgan tibbiy körikda institutda tahsil olayotgan, asli Qöşrabot tumanida istiqomat qiluvçi yuqori kurs talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlarning ham faol iştiroki ta'minlandi.

Pangat qişloq vraçlik punktida tibbiy körikdan ötgan fuqarolarning 22 nafariga statsionar, 151 nafariga ambulator davolanişga yöllanma berildi. 40-umumta'lim maktabida ötkazilgan tibbiy körik natijasida esa 104 nafar bolada turli xil kasalliklar aniqlandi. Öquvçilarning ön nafari yassi oyoqlilik, ikki nafari jismoniy rivojlanişdan orqada qoliş, şuningdek, kökrak qafasi diformatsiyasi, kamqonlik va surunkali xastaliklar bilan oğrişi ma'lum böldi.

Kasallik aniqlangan bolalarning barçasi dispanser nazoratiga olindi.

Eslatib ötamiz, Samarqand davlat tibbiyot institutining tajribali xodimlari, bitiruvçi kurs talabalaridan iborat jamoa viloyatimizning barça tumanlarida xuddi şunday çuqurlaştirilgan tibbiy körikni amalga oşirişni rejalaştirgan.

Bundan oldin institut va Samarqand viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasining malakali xodimlaridan iborat tibbiy brigada Nurobod tumanida şu kabi tadbirni amalga oşirgandi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati.