Yiğilişda sohadagi kamçiliklarni bartaraf etiş, energiya resurslari ta'minotini yaxşilaş çoralari muhokama qilinmoqda.
Qiş mavsumida tarmoq va hududlarda uzluksizlikni ta'minlaş uçun sutkasiga 10-12 million kilovatt-soat qöşimça elektr energiyasi işlab çiqariş zarurligi qayd etildi. Bu quvvatni «Toşkent», «Sirdaryo», «Yangi Angren» elektr stansiyalaridagi 900 megavattli 5ta energoblokni işga tuşiriş hisobidan ta'minlaş böyiça topşiriq berildi.
Uzilişlarga, asosan, taqsimlovçi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani hamda elektr energiyasiga talabning oşib borayotgani sabab bölmoqda. Şu bois past va örta kuçlanişli tarmoqlarni bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş böyiça dastur işlab çiqib, ijrosiga tezroq kirişiş zarurligi ta'kidlandi.
Qaşqadaryo va Farğonada – 3 ming kilometrdan, Andijon, Samarqand va Toşkent viloyatida – 2,5 ming kilometrdan, Qoraqalpoğiston, Namangan va Xorazmda – 2 ming kilometrgaça past kuçlanişli liniyalar foydalaniş muddatini ötab bölgan.
«Tahlillar şuni körsatmoqdaki, bugungi kunda gaz ta'minotida sutkasiga 20 million kub metr tanqislik mavjud. Oqibatda mingdan ziyod mahallada tabiiy gaz bosimi pasaygan.
Gaz tizimi bilan boğliq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki öttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barçamiz xabardormiz. Lekin buni bahona qilişga heç kimning haqqi yöq. Xalqimizga gaz kerak, ularning köpçiligi buning uçun tölovlarni öz vaqtida halol qilib, tölab kelmoqda», – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari pandemiya boşlanganidan beri biz gaz sotilmayotganini va asosan aholi ehtiyojlari uçun sarflanayotganini ta'kidladi. Soha mutasaddilariga hududlarga çiqib, muammolarni bevosita örganişlar zarurligini bildirdi.
Gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondiriş yuzasidan körsatma berildi. Buning hisobiga kuniga 7-8 million kub metr tabiiy gaz qöşimça ravişda hududlarga yönaltiriladi.
«Tahlillar şuni körsatmoqdaki, bugungi kunda gaz ta'minotida sutkasiga 20 million kub metr tanq́islik mavjud. Şuning uçun, kuni-keça gaz eksportini qisqartiriş böyiça topşiriq berdim. Buning hisobiga, kuniga 7-8 million kub metr gaz qöşimça ravişda aholi ehtiyoji uçun yönaltiriladi», degan prezident.
Şuningdek, aholi ehtiyojini qoplaş uçun yana 217 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş vazifasi qöyilgan.
Samarasiz işlayotgan 25ta konni investorlarga «risk-servis kontrakt» şartlari asosida berib, tabiiy gaz işlab çiqarişni köpaytiriş mumkinligi aytildi.












