«Bugun mamlakatda davlat idoralari va hududlarning rahbarlariga hududning ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlariga qarab baho beriş tizimi yaratildi. Reyting baholaş tizimi orqali endi hududlar «qizil», «sariq» va «yaşil» toifalarga ajratilayotgani har bir rahbarni öz faoliyatini tahlil qilişga undaydi.
Ötkazilgan tahlillarga köra, Samarqand va Kattaqörğon şaharlari, Bulunğur hamda Samarqand tumanlari «yaşil» hududga kiritilgan. Qöşrabot, Paxtaçi va Payariq tumanlari qoloq, ya'ni «qizil» hududlar tasnifiga kiritilgan va bu açinarli holat», dedi Erkinjon Turdimov.

Turdimov içimlik suvi va oqova suv ta'minotini yaxşilaş haqida ham gapirdi: «Bugungi kunda viloyat aholisining 66,8 foizi toza içimlik suvi bilan ta'minlangan. Viloyatda 4 841 km içimlik suvi tarmoği mavjud bölib, şundan 1 123,4 km (23,2 foizi) ta'mirtalab holatda. Mavjud 1 872 ta suv quduqlaridan 675 tasi (36 foizi), mavjud 1 671 ta suv inşootlarining 551 tasi (32,9 foizi), 89 ta rezervuarlardan 19 tasi (21,3 foizi) ta'mirtalab ahvolda», dedi viloyat hokimi.
Turdimovning aytişiça, pandemiyaga qaramay, viloyatda 735 km suv quvurlari, 6 ta rezervuar va 143 ta suv inşootlari 580,3 milliard sömga rekonstruksiya qilingan. Bu ötgan yilgiga qaraganda 2,7 baravar köp degani.
Hokim öz murojaatida Moliya vazirligi huzurida 10 trillion sömdan iborat Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan viloyat uçun jami 637,4 milliard söm mablağ ajratilganini ma'lum qildi.

Samarqandda 19,5 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar, 37 mingta mikrofirma va kiçik korxonalarga jami 272 milliard sömlik soliq imtiyozlari qöllangan. 265 ta xöjalik yurituvçi sub'yektlarning 7,8 milliard söm soliq tölovi muddati keçiktirilgan, 3 360 ta korxonaning 1,4 milliard söm soliq qarzi va penyasi hisobdan çiqarilgan. 1 540 ta kiçik tadbirkorlik sub'yektlari 7,1 milliard sömlik mol-mulk va yer soliğidan ozod etilgan.












