Taʼlim va ilm-fan vazirligida davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari iştirokida yiğiliş ötkazildi.
Vazirlik 6-noyabr kuni tarqatgan xabarga köra, yiğilişda taʼlim sifati va bitiruvçilar bandligi, murojaatlar va ijro intizomi, talabalarning yaşaş şaroitlari, energiya tejamkorligi, xalqaro hamkorlik hamda kadrlar bilan işlaş masalalari körib çiqilgan.
Maʼlum qilinişiça:
davlat oliygohlarining 2026-yilgi bitiruvçilaridan 13,8 ming nafari band emas;
tahlil qilingan 29,7 mingta öquv adabiyotining 5,5 mingtasi çop etilganiga 20 yildan oşgan, ayrim fanlar böyiça esa adabiyotlar mavjud emas;
yotoqxonalar qurilişida keçikişlar kuzatilmoqda, ijara xonadonlaridagi şaroitlarni örganişda kamçiliklar bor.

“Bir qator oliy taʼlim muassasalaridagi mansabdor şaxslarning lavozimiga loyiqligini örganiş va natijasi böyiça xulosa kiritiş uçun işçi guruh tuziş belgilandi.
Masʼullarga kamçiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etiş vazifasi yuklatildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Rektorlarga 15 kun içida talabalar va öqituvçilar uçun qabullar taşkil etiş, ularning muammolarini joyida hal qiliş, oylik, çoraklik va yillik iş rejalarini şakllantiriş topşirilgan.
Avvalroq Toşkentda talabalar “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatişga majburlanayotgani xabar qilingandi.









