Foto: O‘zbekistonlik ko‘ngillilar Xitoy vaksinasi klinik sinovlarida qatnashmoqda
18 yoshdan oshgan, surunkali kasallikka chalinmagan 5 ming ko‘ngilli 1-doza vaksina bilan emlanmoqda. Ular jami 3 doza vaksina olishi rejalashtirilgan.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlari amalga oshirilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, sinovga 18 yoshdan katta, surunkali kasalliklarga chalinmagan 5000 nafar ko‘ngilli ishtirokchilarni jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ko‘ngillilar ro‘yxatini shakllantirish bilan bir qatorda, tanlab olingan ko‘ngillilarga 1-doza vaksina bilan emlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘ngillilar sinov jarayonida jami uch doza vaksina bilan emlanishi ko‘zda tutilgan.
Sinov vaksinasi bu – tadqiqot natijasida yaratilgan vaksina turi bo‘lib, klinik sinovlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan va tegishli tashkilotlardan tasdiqlanmaguncha, sotuvga chiqarilmaydi. Mazkur vaksina CHO hujayralarida ishlab chiqarilgan yangi koronavirusning retseptorga bog‘lanuvchi oqsilning (inglizcha qisqartma: NCP-RBD) rekombinant shaklini tozalab, alyuminiy gidroksidi qo‘shish orqali tayyorlangan. Ushbu tadqiqot vaksinasi har bir idishi 25mg/0.5ml/flakon shaklida bo‘lib, 25 mg yangi koronavirusning retseptorga bog‘lanuvchi oqsilning (NCP-RBD) rekombinant shakli va 0.25 mg alyuminiy gidroksididan iborat.
Ta'kidlanishicha, ushbu tadqiqotda ishtirok etish yoki etmaslik to‘laqonli ixtiyoriy. Sinov davri mobaynida ko‘ngillilar sinovni davom ettirishga majburlanmaydi. Ushbu sinovda ishtirok etishga qaror qilgan nomzod rozilik xatiga imzo chekishi va uning bir nusxasini o‘zida saqlashi so‘raladi. Sinovda qatnashishga qaror qilishdan avval, COVID-19’ga aloqador simptomlar yo‘qligi va COVID-19 infeksiyasi yuqtirib olinganiga shubha yo‘qligi tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, nomzod COVID-19 vaksinalarining sinovida ishtirok etmagani va ishtirok etmasligini tasdiqlashi lozim.
«Tadqiqotda qatnashishga qaror qilgan nomzodning kasallik tarixi, salomatlik ko‘rsatkichlari, vaksinani qabul qilganidan so‘ng yig‘ilgan ma'lumotlar va shu kabi boshqa ma'lumotlar yozib olinadi. Shu bilan birga, nomzodlarga yangi koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi.
Ushbu sinov 14 oy davom etadi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda internetda «layk» bosganlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Jahon | 17:14
-
Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
O‘zbekiston | 17:00
-
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
Jahon | 16:39
-
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon
Jamiyat | 16:35
Mavzuga oid

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi

17:48 / 01.11.2024