Yaponiya hukumati Yapon dengizidagi Takesima (Tokto) orollarida harbiy maşğulotlar ötkazilişi sababli Janubiy Koreyaga norozilik bildirdi. Uşbu orollarga Yaponiya da'vogarlik qiladi.

“Takesima orollari tarixan va xalqaro huquq nuqtayi nazaridan Yaponiyaning azaliy hududi hisoblanadi. Biz bunday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz va şu sababli Janubiy Koreyaga norozilik bildiramiz”, deb aytgan Yaponiya hukumati boş kotibi Katsunobu Kato.   

25 dekabrda Yonhap axborot agentligi maşğulotlar Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuçlari va sohilböyi qöriqlaş kuçlari iştirokida 4 dekabrda ötganini ma'lum qilgan.   

Takesima orollari Tokio va Seul örtasidagi bahs sababi hisoblanadi. Yaponiyaning ta'kidlaşiça, Janubiy Koreya Yaponiya imperiyasi tarkibiga 1905 yilda kiritilgan bu hududlarni bosib olgan. Öz navbatida Janubiy Koreya va Şimoliy Koreyaning ta'kidlaşiça, uşbu orollar azaldan koreys davlati tarkibiga kirgan. Hozirda orollar Janubiy Koreya armiyasi tomonidan nazorat qilinadi.