Rossiyada yoşi keksa insonlar uçun uçun «Sputnik V» vaksinasining xavfsiz ekani ekspertiza davomida tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko «Rossiya 24» telekanali efirida aytib ötdi.
Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi ommaviy emlaş paytida 60 yoşdan oşgan kişilar uçun preparatni qöllaş haqida ijobiy xulosa berdi.
«Sputnik V» vaksinasini 60 yoşdan oşganlarda qöllaş böyiça klinik tadqiqotlar ötkazildi. Ekspertiza uning xavfsiz va samarador ekanini tasdiqladi. Soğliqni saqlaş vazirligi tibbiy maqsadlarda foydalaniş böyiça yöriqnomaga tuzatişlar kiritişni ma'qulladi», - dedi vazir.
Payşanba kuni vaksinani işlab çiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg preparatni keksa yoşdagi fuqarolarda sinovdan ötkaziş işlari yakunlanganini xabar qildi. Uning sözlariga köra, 60 yoşdan oşgan fuqarolarni emlaş töğrisida qaror yaqin kunlarda qabul qilinişi mumkin.
Bungaça u uşbu toifadagi fuqarolarni bevosita emlaş jarayoni kelasi yil boşida boşlanişi mumkinligi haqida aytib ötgandi.
Ötgan hafta mamlakat prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarşi emlanmagani, bunga uni fuqarolarning yoş toifasi böyiça qöllaş hali tasdiqlanmagani sabab ekanini ma'lum qilgandi. «Mutaxassislarning aytişiça, bugungi kunda muomalaga çiqarilayotgan vaksinalar ma'lum bir yoşdagi fuqarolarga möljallangan. Vaksinalar hali men kabilarga yetib kelmadi. Şu ma'noda men mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilyapman», - dedi Putin. Şu bilan birga, u «imkoni boriça tezroq» emlanişini bildirdi. Rossiya prezidenti hozir 68 yoşda.
Rossiyada keksa yoşli fuqarolarda «Sputnik V» vaksinasini sinovdan ötkaziş oktyabr oyi örtalarida boşlandi. Keyinçalik xuddi şu tadqiqot Novosibirskning «Vektor» markazi tomonidan işlab çiqarilgan «EpiVakKorona» ikkinçi vaksinasi böyiça ötkazildi.












