Qayd etilişiça, kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy taşkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oşiriladi. Uşbu maqsadlar uçun budjetdan qöşimça 240 milliard söm ajratiladi.

Ilğor xalqaro amaliyot asosida, dotsent va professor ilmiy unvonlari, falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini beriş vakolati öz yönalişi böyiça nufuzli bölgan oliygohlarning ilmiy kengaşlariga ötkaziladi.

“Joriy yilda ilk bor matematika, kimyo-biologiya va geologiya fanlarini ta'lim va ilmning ustuvor yönalişi sifatida belgilab, ularni kompleks rivojlantiriş çoralari körildi.

Jumladan, 98 ta ixtisoslaşgan maktab hamda Geologiya fanlari universiteti taşkil etildi. Öquv dasturlari tubdan qayta körib çiqildi, öqituvçilarning iş haqi oşirildi.

Endi keyingi yil uçun ustuvor ilm-fan yönalişlarini belgilab olişimiz kerak.

Agar tarixga nazar taşlaydigan bölsak, dunyodagi deyarli barça kaşfiyot va texnologiyalarni yaratişda fizika fani fundamental asos bölganini köramiz.

Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini çuqur egallamasdan turib, maşinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erişib bölmaydi”, - dedi davlat rahbari.

Prezident kelgusi yilda fizika va çet tillarini örganişni ustuvor yönaliş etib belgilaşni taklif qildi. 

“Kelgusi yilda ta'limning barça böğinlarida uşbu fanlarni öqitiş sifatini tubdan oşiriş, ixtisoslaşgan maktablar oçiş, malakali pedagoglarni jalb etiş kabi tizimli işlar amalga oşiriladi.

Fizika böyiça Ahmad Farğoniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi taşkil etiladi. 

Şuningdek, fizika yönalişida ilmiy izlanişlar kölami va sifatini oşiriş, yoş olimlarga zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar amalga oşiriladi”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.