Yaponiyaning Honda avtokonserni 2022 yildan Rossiyaga avtomobil yetkazib berişni töxtatadi. Bu haqda «Xonda Motor Rus» şu'ba kompaniyasi ma'lum qildi.
Kompaniyaning izoh berişiça, Honda Motor jahon avtomobilsozlik sanoatida davom etayotgan özgarişlar şaroitida amaliyotlarni restrukturizatsiya qilişga yönaltirilgan çoralarni amalga oşirmoqda.
Honda Rossiyada öz avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat körsatişni davom ettirişga va'da bergan.
Hozirda Honda Rossiyada dilerlar orqali özining atigi ikkita —Honda CR-V va Honda Pilot krossoverlarini sotmoqda.
Yevropa biznesi assotsiatsiyasining ma'lumotlariga köra, Rossiyada noyabr oyida bor-yöği 79 dona Honda avtomobili sotilgan. Bu ötgan yilning şu oyidagiga nisbatan ikki baravarga kam. Honda Rossiyada avtomobillarini sotuvçi kompaniyalar orasida 40-örinda turibdi. Kompaniya yil boşidan beri 1383 dona avtomobil sotgan.












