AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida IIV YHXBB boşliği örinbosari Erali Bozorov mazkur imtihonlar qanday tartibda ötkazilişi haqida ma'lumot berdi.

«Nazariy va amaliy imtihonlarni ötkazişda tadbirkorlarga qöşimça majburiyatlar yuklatiladi. Ya'ni ular özlarining zamonaviy avtodromlarini taşkil etişlari hamda ularni avtomatlaştirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlaşlari kerak. Sababi, imtihon oliş jarayoni inson omilisiz amalga oşirilişi kerak. Biz uşbu tartibni qat'iy uşlaganmiz. Amaldagi tartib böyiça imtihon olişda töliq inson omili aralaşadi. Yangi tartibda esa inson omili aralaşmasligiga harakat qilyapmiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, avtodromlarga joylaştiriladigan avtomatlaştirilgan maxsus transport vositalari qanday bölişi ma'lum qilindi.

«Avtomatlaştirilgan maxsus transport vositalari içida kameralari böladi. Şuningdek, uni boşqarayotgan haydovçilik guvohnomasini olişga nomzodning harakatlariga avtomatik baho bera oladi. Nomzodning natijasi ham avtomatlaştirilgan tarzda çiqariladi.

Aerodrom ham nomzodning natijalarini avtomatik tarzda çiqarib beradigan maxsus avtomatlaştirilgan moslamalar bilan jihozlanadi. Bunga tadbirkorlik sub'yekti ham, içki işlar idoralari xodimi ham aralaşolmaydi. Dastur şunday tuziladiki, bu yerda inson omili umuman rol öynamaydi», dedi Erali Bozorov.