Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari mablağlarini taşqi auditdan ötkaziş va baholaş tizimi  joriy etilişi mumkin. Bu haqda «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lumot berilgan.

Loyihada Budjet kodeksiga Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari loyihalari va ularning ijrosi töğrisidagi yillik hisobotlarni Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan har yili taşqi auditdan ötkaziş hamda baholaş tizimini joriy etişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş nazarda tutiladi.

Şuningdek, budjet tizimi şaffofligini oşiriş maqsadida quyidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş taklif qilinmoqda:

  • budjet taşkilotlari va davlat maqsadli jamğarmalarining depozitlari, berilgan qarzlari va qarz majburiyatlari töğrisidagi ma'lumotlarni öz veb-saytlarida çop etişni ta'minlaş;
  • vazirlik va idoralarning budjetdan taşqari jamğarmalarining daromad va xarajatlari, davlat uluşiga ega bölgan taşkilotlar xaridlari, davlat subsidiya va grantlariga oid ma'lumotlarni öz veb-saytlarida e'lon qiliş;
  • ma'lumotlar taşkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjud emasligi, töliq joylaştirilmaganligi ustidan nazorat va jarimaga tortiş Hisob palatasi tomonidan amalga oşiriş nazarda tutiladi.

Ta'kidlanişiça, Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat moliyaviy nazorati va içki audit tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça işlarni jadallaştiradi.

Dastur loyihasida rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib çiqib budjet qoidalarini işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq etiş masalalari ham muhokamaga havola etilgan. Xususan, umumiy fiskal taqçillikka yuqori çegaralarni hamda davlat qarzining maksimal çegarasini belgilaş, umumiy fiskal balansini hisoblaşda hukumat nomidan jalb qilingan va qayta kreditlangan taşqi qarz mablağlarini inobatga olişni ta'minlaşga qaratilgan budjet qoidalarni belgilaş nazarda tutiladi.

Uşbu masala 2021 yilning 1 noyabriga qadar bajarilişi taklif qilinmoqda.