Ma'lum qilinişiça, Özbekiston böyiça mavjud jami 10008ta umumta'lim maktabi va ixtisoslaştirilgan maktab internatlarining 3310tasi tabiiy gaz manbalari orqali isitilmoqda. Şuningdek, maktablarning 23tasi suyuq yoqilği, 6671tasi kömir (briket), 4tasi elektr toki orqali isitiladi.

Ularning isitiliş turi quyidagiça:

  • 1036ta maktab – markazlaşgan issiqlik tarmoği orqali,
  • 8 810tasi – lokal isitiş tarmoği orqali;
  • 162tasi – qölbola (burjuy) peçlar orqali.

Jami 1196ta maktab filialining 118tasi – tabiiy gaz, 1tasi – suyuq peç yoqilğisi, 1062tasi – kömir (briket) yoqilğisi, 15tasi – elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi.

«Qölbola peçlar orqali isitilayotgan maktablarda öquvçilarning is gazidan zaharlanişi ehtimoli yuqori. Çunki qölbola peçlar sinf xonalarining içki qismiga, öquvçilarga yaqin qilib örnatilgan», degan vazirlik rasmiysi.